Kontent qismiga oʻtish

Fotehxon barezay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotexxon Barezay- afgʻon xalq afsonasi.

Dastavval poetik shaklda yuzaga kelgan. „Milliy xindora“da uning nasriy shakli berilgan. Ushbu ertakning qisqacha mazmuni quyidagicha:

Aslamxon degan xonning oilasida oʻgʻil tugʻiladi. Aslanxaon asli barezay qabilasidan boʻlib, Qandahor atrofidagi viloyatlarning xoni boʻlgan. Fotexxonning tugʻilishi oʻz-oʻzidan boʻlmagan. Koʻp yillardan beri farzand dogʻida yurgan Aslanxonga darvesh tomonidan olma taqdim qilinadi va bu olmani yegan Aslanxonning xotini oʻgʻil tugʻib beradi. Xuddi shu kuni Fotexxonning boʻlajak qayligʻi Bibirobiya ham dunyoga keladi va shu bilan birga asrandi oʻgʻil Karamxon ham tugʻiladi. Bular tugʻilgan bu kunda boshqa 58 xonning 58 nafar oʻgʻli dunyoga keladi va bular kelajakda Fotexxonga sarboz boʻlib xizmat qiladilar. Bu bolalarning hammasi birga turib, birga ulgʻayadilar. Ularning hammasi bir xil kiyim kiyishadi. Kunlardan bir kuni soydan suv olib ketishga kelgan ayollardan birining koʻzasini Fotexxoning maslahati bilan Robiya tosh bilan urib sindiradi. Bu ayol Robiyaning qilmishidan xonga arz qiladi. Lekin xon oʻz qizini va oʻgʻlini hafa qilmaslik uchun arz qilib kelgan ayollarga keyingi galda meshqob olib kelishlarini buyuradi. Ammo bu gal Fotexxon oʻz oʻrtoqlari bilan meshlarni ham teshib qoʻyadilar. Ayollar yana podshoga shikoyat qiladilar. Bu gal podshoh Fotexxonni chaqirtirib urishadi. Jahli chiqqan Fotexxon doʻstlari bilan Hindistonga ketmoqchi boʻladi. Ketadigan kuni kechqurun Karamxon yoʻl koʻrsatuvchi tayoqchani Hindistonga burib qoʻyadi. Shunday qilib, Fotexxon oʻz sarbozlari bilan Hindistonga yoʻl oladilar. Bir qancha gʻaroyib narsalarni guvohi boʻlib, qiyinchilikni yengib, oxiri mamlakat podshosi Shamsuddinga duch kelib, u bilan jang qiladilar. Bu tengsiz jangda Fotexxon va uning sarbozlari halok boʻlishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti tarixi