Fotih Sulton Mehmet masjidi
Masjid | |
Fotih Sulton Mehmet masjidi
| |
Joylashuvi | 42°2′47″N 19°29′35″E / 42.04639°N 19.49306°E |
Manzil | Shkodër, Albania |
Binokorlik | 13-asr—1251 |
Holati | Faol emas |
Fotih Sulton Mehmet masjidi Vikiomborda |
Fotih Sulton Mehmet masjidi (albancha: Xhamia e Sulltan Mehmet Fatihut; Rozafadagi Shkodër Stephen sobori (albancha: Katedralja e Shën Shtjefnit në Rozafë; lotincha: Ecclesia cathedralis Sancti Stephani de Scutaro) nomi bilan ham tanilgan) – 13-asrga oid bino. Albaniyaning Shkodër yaqinidagi Rozafa qal’asida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 13-asrda Rozafa qasrida qurilgan[1] va 14-15-asrlarda Venetsiya tasarrufida boʻlgan paytii kengaytirilgan. 1319-yilda Shkodërlik Don Andrea cherkovning ayrim joylarini taʼmirlashda yordam berish uchun Dubrovnik respublikasi duradgorlarni olib kelgan. 1403-yilda yana bir taʼmirlash eslatib oʻtilgan[2].
Cherkov yaqinida 1251-yildan beri hujjatlashtirilgan episkopning uyi boʻlishi kerak edi, ammo 1478—1479-yillardagi Shkodra qamalidan soʻng, episkopga qal’ada yashashga ruxsat berilmadi. Usmoniylar 1685-yilda cherkovni masjidga aylantirdilar. 1685-yilda sobor masjidga aylantirilganda, u Fotih Mehmet masjidi (albancha: Xhamia e Mehmet Fatihut) nomini oldi. Sobiq soborning janubiy tomoniga bir minora qurilgan[2].
1951-yilgacha cherkov yaqinida Nokaning mehmonxonasi (albancha: Hani i Nokës) deb atalulvchi mehmonxona mavjud boʻlgan[2].
1939-yilda italyan ruhoniy va albanolog Zef Valentini cherkovni tiklash boʻyicha usullarni taklif qildi[3][2]. Masjidni cherkovga qaytarish uchun AQShning qisman homiyligi ostida amalga oshirilishi rejalashtirilgan harakat Shkodër musulmon jamoasi tomonidan xush koʻrilmadi, va AQShning elchisi Marcy Ries loyihaning moliyalashtirilishini qayta baholashni vaʼda qildi[4].
Ushbu cherkov-masjid xarobalari orasida dikka, mehrob va katta minora qoldiqlari mavjud. Fotih Sulton Mehmet masjidi Shkodërdagi Oʻrta asrlarning kam sonli binolaridan biridir va Enver Xoja diktaturasi davrida Shkodërda qisman saqlanib qolgan yagona masjid boʻlib, shu davrda Shkodërdagi barcha 36 ta masjidni vayron qigan edi[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Meksi 1983.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Malaj 2021.
- ↑ Valentini 1939.
- ↑ „Press Release“. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ Kiel 1990.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Malaj, Edmond (2021), Hulumtime mbi historinë e krishtërimit në Shkodër e rrethina gjatë mesjetës, Botime Françeskane, ISBN 978-9928-331-17-5
- Meksi, Aleksandër (1983), Arkitektura Mesjetare në Shqipëri, 8 Nëntori
- Valentini, Zef (1939), Monumenta qi po hupin. Ma e bukra kishë në kala, Leka VIII nr. 6
- Kiel, Machiel (1990), Research Centre for Islamic History, Art and Culture (muh.), „Ottoman architecture in Albania (1385-1912)“, Islamic Art Series (German), Istanbul, Band 5-jild, 230-bet, ISBN 92-9063-330-1
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language ()
- Vikipediya:Geografik kordinatalari koʻrsatilmagan masjidlar
- Masjidlar alfavit boʻyicha
- Shkodërdagi masjidlar
- 1250-yillarda qurilgan cherkovlar
- Masjidga aylantirilgan diniy binolar va inshootlar
- Albaniyadagi cherkovlardan oʻzgartirilgan masjidlar
- Shkodër okrugidagi diqqatga sazovor joylar
- Albaniyadagi Rim-katolik cherkovlari
- Albaniyadagi gotika arxitekturasi