Kontent qismiga oʻtish

Fototranzistor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fototranzistor (foto... va tranzistor) — yorugʻlikni sezuvchi va bunda sodir boʻladigan elektr tok kuchini kuchaytiruvchi yarim oʻtkazgichli asbob. Fototranzistor germaniy yoki kremniyli monokristall yarimoʻtkazgichli plastinadan iborat; unda tranzistorpiknta oʻxshash 3 soha — emitter, kollektor va baza bor. Fototranzistor bazasida chiqarilgan uchligi boʻlmasligi bilan tranzistordan farq qiladi.

Fototranzistor tashqi zanjirga bipolyar (bir qutbli) tranzistorga oʻxshash ulanadi. Yorugʻlik bazaga tushganda, unda juft zaryad tashuvchilar (elektron va kovak) hosil boʻlib, kollektorli oʻtishda elektr maydon yordamida boʻlinadi. Natijada baza sohasida asosiy tashuvchilar toʻplanadi, bu esa emitterli oʻtishdagi potensial toʻsiqni kamaytirishga va fototranzistordan oʻtayotgan tokning ortishiga olib keladi. Fototranzistor nazorat va avtomatik tizimlarida yoritilganlik datchiklari sifatida, kinoqurilmalarda tovushni qayta eshittirish va boshqalarda ishlatiladi.