Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Abbos1202/Dakka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DAKKA, Dhaka (hosildorlik maʼbudasi nomidan) — Bangladesh poytaxti. Gang-Brahmaputra daryosi deltasidagi port. Mamlakatning va Dakka viloyatining maʼmuriy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Aholisi 3,8 mln. kishi (shahar atrofi bilan 7,4 mln., 1998).

D. Bengaliyaning eng koʻhna shaharlaridan, 1608—1717-y. larda uning poytaxti. 17—18-a. boshlarida xunarmandchilik va savdoning dunyodagi eng yirik markazlaridan boʻlgan. Dakkada ishlangan muslin (yupqa gazlama), kashta, oltin va kumushdan yasalgan buyumlar koʻp mamlakatlarda, jumladan Yevropada ham mashhur boʻlgan. Angliya istilosidan keyin (18-a.) Hindistonga Angliyadan koʻplab gazlamalar keltirila boshlagach, mahalliy hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi. 20-a. boshida Dakka milliy ozodlik harakatining markazlaridan biri boʻldi. 1906-y. da Dakkada musulmonlar ligasi tuzildi. Pokiston davlati tashkil topgandan soʻng Dakka 1947—1971-y. larda Sharqiy Pokiston (Sharqiy Bengaliya)ning maʼmuriy markazi, 1971-y. dek. dan, Sharqiy Bengaliya ozodlikka erishgandan soʻng vujudga kelgan Bangladesh Xalq Respublikasining poytaxti.

Dakka — muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. D. va uning atrofi, Narayanganj sh. bilan birga, mamlakat sharqiy qismining asosiy sanoat r-nidir. Mamlakatdagi ip gazlama, jun, oziq-ovqat, kimyo, metallsozlik, oyna, koʻn sanoatlarining asosiy qismi Dakkada joylashgan. Dakkaning koʻhna qismida Lal Bagh qalʼasi, Sat Gumbaz masjidi, Katta bozor (17-a.), «Yulduzlar masjidi» (18a.); Yangi shahar qismida un-t, Yangi masjid, Sanʼat in-ti, Milliy kutubxona, xukumat idoralari va b. bor.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/d/dakka/