Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:AbdulazizAbdullaev1998

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veb sahifa Mikrokreditbank - aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.

Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Ular qatorida, Jahon banki, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi, Osiyo bankirlar assotsiatsiyasi, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi, Germaniya jamgʼarma kassalari fondi kabi tashkilotlar mavjud.

Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi.

  1. https://mikrokreditbank.uz/about/index.html