Foydalanuvchi:Abdurasulxonovmehroj/Salmanasar III ning harbiy yurishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salmanasar III ning dastlabki yurishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eramizdan avvalgi IX asrda podsholik qilgan Salmanasar III Ashshurnazirpal ishini davom ettirgan. Salmanasar III 35 yillik podsholigi davomida 32 marta harbiy yurish qilgan. Osuriyaning boshqa hamma podsholariga uxshab, Salmanasar III ga ham o'z davlatining hamma chegaralarida kurash olib borishga to'g'ri kelgan. Salmanasar G'arb tomonda Evfrat daryosining butun vodiysidan tortib to Bobilgacha bulgan yerlarni batamom o'ziga qaratib olish maqsadida Bit- Adiini o'ziga buysindirgan. Eramizdan avvalgi 856-yilda Salmanasar III bu aramiy knyazligining poytaxti Til- Barsibni egallagan. Til-Barsib Karxemishdan 20 km narida, Evfrat daryosi buyida joylashgan. 1929-1931-yillarda bu shahar qazilgan vaqtida Salmanasar III tomonidan shu shaharda qurdirilgan xashamarli saroy xarobalari topilgan. Osur podshosi bu shaxarga siyosiy jihatdan katta etibor bergan bulsa kerak.

Til- Barsib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Til- Barsib orqali juda muhim xarbiy savdo yo'li o'tgan. Bu savdo yo'li Mesapotamiyadan boshlanib, Guzana ( Til - Xalaf), Xarran, Xadatu ( Arslon- Tosh), Alleppo orqali o'tib Suriyaga va undan keyin Kiritga xamda Oront vadiysigacha borgan. So'ngra salmanasar III Suriya tomonga qarab yurib, yo'ldagi eng muxim shaharlarni shaharlarni qo'lga kiritishni va shundan keyin O'rta dengizga chiqadigan muxim savdo yo'llari ochishni o'z oldiga maqsad qilib quygan bo'lsa kerak.

Damashqqa yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarxemish, Aleppo va Samal xokimlari osur podshosiga o'z ixtiyorlari bilan buysunib, uni xirojlar bilan kutib olganlar. Biroq shundan keyin yana ilgarilab borishda Salmanasar Damashqning qattiq qarshiligiga duch kelgan, chunki Damashq Suriya va Finikiya knyazliklarining anchagina kuchlarini, shuningdek, Falastin davlarlarini o'z atrofiga to'plab olgan. Xatto arab qabilalari ham tepasida Damashq turgan bu katta ittifoqqa qo'shilgan. Xar ikkala katta armiya Oront bo'yidagi Karkara yonida Xamatning sal shimolida uchrashgan. Shu qonli urushda ( eramizdan avvalgi 854- yilda ) Salmanasar III g'alaba qozonganman deb aytgan bo'lsa-da, aslida osur qo'shinlari karra talofat ko'rganlari tufayli, chekinishga majbur bo'lgan. Oradan birmuncha vaqt o'tgandan so'ng, Salmanasar III juda katta armiya bilan Damashqqa yana xujum qilgan, lekin shunday bo'lsa ham Damashqni uzil- kesil yenga olmagan. Ammo Osuriya Damashqni bir qadar kuchsizlantirib, Suriya ittifoqi kuchlarini bo'lib tashlashga muvaffaq bo'ldi.

Adabiyotlar Ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Кадимги шарк тарихи. В.И.Авдиев. T- 1964.г.