Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Abdusalomova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston mustaqilligini eʼlon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.

U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminladi, koʻp millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yoʻlida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi.

Birinchi Prezident Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni ogʻir xastalikdan soʻng 78 yoshida vafot etdi.2016 yil, avgust oxirlari. Bayram yaqin, tayyorgarlik allaqachon boshlangan. Odamlarni bir savol o‘ylantiryapti: bu safar ham doda raqsga tusharmikin?  O‘sha kunlari mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba Prezident shifoxonaga yotqizilgani televideniye orqali ma’lum qilindi. 2016 yilning 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasini 25 yil boshqargan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamaning axborotini oliy toifali suxandon Alisher Badalov televideniye orqali o‘qib eshittirdi. Bu Badalov diktorlik faoliyatini boshlagandan buyon u o‘qib eshittirgan to‘rtinchi o‘lim xabari. Bungacha Brejnev, Chernenko va Sharof Rashidov vafoti haqidagi xabarlarni ham o‘qib eshittirgan.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochilgan.

Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari Samarqandda (2017-yil 2-sentyabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktyabr) ochilgan.

Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroportiga, Fargʻonadagi sanʼat saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator koʻchalarga Islom Karimov nomi berildi.