Foydalanuvchi:AbdushukurovD/TRIPS shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turi Jahon savdo tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitim ilovasi
Imzolangan sanasi 1994-yil 15-aprel[1]
Imzolangan joyi Marokash
Kuchga kirishi 1995-yil 1-yanvar[2]
Tomonlar 164 (JSTning barcha a'zolari)[3]
Tillari Ingliz, fransuz va ispan

Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq masalalari bo'yicha bitim (TRIPS) Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a'zo barcha davlatlar o'rtasidagi xalqaro huquqiy shartnomadir. Mazkur bitim boshqa JSTga a'zo davlatlarning fuqarolariga nisbatan qo'llaniladigan intellektual mulkning turli shakllarini milliy hukumatlar tomonidan tartibga solish uchun minimal standartlarni belgilaydi[4]. TRIPS 1989-1990-yillar oralig'ida Tariflar va savdo bo'yicha Bosh kelishuvning (GATT) Urugvay raundi yakunida muhokama qilingan[5] va JST tomonidan nazorat qilinadi.

TRIPS bitimi birinchi marta intellektual mulk huquqini ko'p tomonlama olib boriladigan savdo tizimiga kiritdi. Bugungi kungacha intellektual mulk bo'yicha eng keng qamrovli ko'p tomonlama shartnoma bo'lib qolmoqda. 2001-yilda rivojlangan mamlakatlar TRIPSnining qoidalarini kengroq sharhlash o'rniga juda tor ma'noda tushinishni talab qilayotgandi. Bu holatdan xavotirda bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlar 2001-yilda muzokaralar raundini boshladilar. Natijada Doha deklaratsiyasi qabul qilindi. Doha deklaratsiyasi Jahon savdo tashkilotining bir bayonoti bo'lib, TRIPSning qamrovini aniqlab beradi. Misol uchun, TRIPS "hamma uchun dori vositalaridan foydalanishni rag'batlantirish" maqsadi nuqtai nazaridan talqin qilinishi mumkin. Bu jumla orqali ishlab chiqarilgan dori vositalrini qaysi tashkilot (yuridik shaxs) ishlab chiqarishidan qat'iy nazar, barcha foydalanishi mumkin. TRIPSning o'rni shu holatda namoyon bo'ladi.

Xususan, TRIPS JST aʼzolaridan mualliflar va boshqa mualliflik huquqi egalari, shuningdek turdosh huquqlar egalari, xususan, ijrochilar, ovoz yozish ishlab chiqaruvchilari va radioeshittirish tashkilotlarini qamrab oluvchi mualliflik huquqlarini himoya qilinishini talab qiladi. Mualliflik huquqi himoya qilinadigan sohalarning bir qanchasiga quyidagilar kiradi: geografik ko'rsatkichlar; sanoat namunalari; integral mikrosxemalar sxemasi-dizaynlari; patentlar; yangi o'simlik navlari; savdo belgilari; savdo nomlari va oshkor etilmagan yoki maxfiy ma'lumotlardir. TRIPS, shuningdek, ijro tartib-qoidalari, himoya vositalari va nizolarni hal qilish tartiblarini ham belgilab beradi. Barcha intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qo'llash texnologik innovatsiyalarni rag'batlantirish, texnologiyalarni uzatish va tarqatish, ishlab chiqaruvchilar va texnologik bilimlardan foydalanuvchilarning o'zaro manfaatlarini ta'minlash va ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikka yordam beradigan maqsadlarga javob berishi kerak. Shuningdek, huquq va majburiyatlar muvozanatiga e'tibor berilishi lozim.

Kelib chiqishi va tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

TRIPS masalasi bo'yicha 1986-1994-yillarda Tariflar va Savdo bo'yicha Bosh Bitimning (GATT) Urugvay raundi davomida muzokaralar olib borildi. Mazkur bitimnig muzokaralarga kiritilishi Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Savdo to'g'risidagi qonunning 301-bo'limiga muvofiq Umumiy imtiyozlar tizimi va majburlash bo'yicha bir tomonlama iqtisodiy rag'batlantirish kampaniyalari rivojlanayotgan Braziliya, shu jumladan Tailand, Hindiston va Karib havzasi davlatlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Bu holat esa raqobatbardosh siyosiy pozitsiyalarni mag'lub etishda muhim rol o'ynadi. O'z navbatida, AQShning savdo siyosatini intellektual mulk standartlari bilan bog'lash strategiyasi 1980-yillarning boshlarida boshlangan. Mazkur jarayonlar Qo'shma Shtatlardagi korporatsiyalarni safarbar qilgan va intellektual mulk imtiyozlarini maksimal darajada oshirishni savdoning birinchi raqamli ustuvorligiga aylantirgan Pfizer yuqori rahbariyatining tadbirkorligi bilan bog'liq bo'lgan.(Braithwaite va Drahos, 2000, 7-bob)[6].

Intellektual mulk bo'yicha boshqa shartnomalardan farqli o'laroq, TRIPS kuchli ijro mexanizmiga ega. Davlatlarning intellektual mulk bilan bog'liq nizolari Jahon savdo tashkilotining nizolarni hal qilish mexanizmi orqali tartibga solinib turiladi.

Talablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

TRIPS aʼzo davlatlardan intellektual mulk huquqlarini kuchli himoya qilish bo'yicha o'z talablari mavjud. Masalan, TRIPS qoidalariga ko'ra:

  • Mualliflik huquqi shartlari, agar muallifning hayotiga asoslanmagan bo'lsa, kamida 50 yil uzaytirilishi kerak (TRIPS 12 va 14-moddalar)[7].
  • Mualliflik huquqi Bern konvensiyasida ko'rsatilganidek ro'yxatga olishda hech qanday "rasmiyatchilikka" asoslanmagan holda avtomatik tarzda berilishi kerak (9-modda).
  • Kompyuter dasturlari ham mualliflik huquqi to'g'risidagi qonunga muvofiq "adabiy asarlar" sifatida qaralishi va boshqa intellektual huquqlar bilan bir xil himoya qilish shartlariga ega bo'lishi kerak.
  • Mualliflik huquqining har bir davlatning o'z ichki istisnolari (masalan, Qo'shma Shtatlardagi "adolatli foydalanish") Bern uch bosqichli testi orqali cheklanadi.
  • Patentlar barcha “texnologiya sohalari”dagi “ixtirolar”ga patentga layoqatlilikning barcha boshqa talablariga javob berishi sharti bilan taqdim etilishi kerak (garchi ayrim jamoat manfaatlari uchun istisnolarga yo‘l qo‘yilsa ham (27.2 va 27.3-moddalar)[8] va bu huquq kamida 20 yil davomida amal qilishi kerak (33-modda)
  • Kompyuter dasturlari va patentlarning huquq egalarining qonuniy manfaatlariga asossiz ravishda putur yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bu qonun bilan himoya qilinadi.
  • Uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilnish patent huquqlarida inobatga olinishi kerak.
  • Har bir davlatda intellektual mulk to'g'risidagi qonunlar mahalliy fuqarolarga milliy rejim tamoyili bo'yicha hamma fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratishi lozim. TRIPSni imzolagan boshqa davlatlar fuqarolari uchun mavjud bo'lmagan imtiyozlarni qo'llashi mumkin emas (ayrim cheklangan istisnolardan tashqari, 3 va 5-moddalar)[9]. TRIPS, shuningdek , eng ko'p qulaylik yaratuvchi rejimga ega.

Shuningdek, TRIPS Sanoat mulkini himoya qilish bo'yicha Parij konvensiyasining (2.1-modda) asosiy qoidalarini bir qancha havolalar orqali o'z ichiga oladi. TRIPS shartnomasining 10-moddasida dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazalarining originallik talabiga binoan mualliflik huquqi bilan himoyalanganligi alohida qayd etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „TRIPS Agreement (as amended on 23 January 2017)“. World Trade Organization. 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
  2. „WTO – intellectual property – overview of TRIPS Agreement“. World Trade Organization. 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  3. „WTO TRIPS implementation“. International Intellectual Property Alliance. 2012-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  4. See TRIPS Art. 1(3).
  5. Gervais, Daniel. The TRIPS Agreement: Negotiating History. London: Sweet & Maxwell, 2012 — Part I bet. 
  6. Sell, Susan K.. Private Power, Public Law: The Globalization of Intellectual Property Rights. Cambridge University Press, 2003. DOI:10.1017/cbo9780511491665. ISBN 978-0-521-81914-5. 
  7. „intellectual property (TRIPS) – agreement text – standards“. WTO (1994-yil 15-aprel). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  8. World Trade Organization, „Part II — Standards concerning the availability, scope and use of Intellectual Property Rights; Sections 5 and 6“, Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights, 22 June 2017da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21 December 2005
  9. World Trade Organization, „Part I — General Provisions and Basic Principles“, Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights, 12 November 2020da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28 February 2006

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[[Turkum:Ukraina xalqaro shartnomalar]] [[Turkum:Hindiston shartnomalari]] [[Turkum:Shartnomalar mamlakatlar boʻyicha]] [[Turkum:Shartnomalar]] [[Turkum:Shartnomalar alifbo tartibida]]