Foydalanuvchi:Adham Mahammad Ali/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barcha ishni tashlab bir yon,

Do‘stlarimni etib men hayron,  

Oilamni qilib zor~zor,  

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Kelib ketar oshna,  hamrohlar,

Duo qilar bilgan,  ko‘rganlar,

Yig‘lab qolar qadrdonlar,  

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Qolib ketar reja, marralar,

To‘lanadi qarzlar, vadalar,

Axtarishar bilmaganlar,

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Vadalarim akam orqalar,

Qarzlarimnku otam olar,

Gunohlarim ketar men bilan,

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Farzandimni yupatar onam,

Ayolimni ammam quchoqlar,

Amakilarim dadam oldida,

O‘lib qosam ne bo‘lar?

Diplomlarim qaylarda qolar,

Maqtovlarim olar kimsalar,

Rasmlarim oldida onam,

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Ketishgaku ketarman nogoh,

Amallarim men bilan hamroh,

Faqat bir narsa qiynasa firoq,

O‘lib qolsam ne bo‘lar?

Berguchi ham olguchi O‘zi,

Meni tanlab olguchi O‘zi,

Qachonligin bilmaydi shoir o‘zi,

O‘lib qolsam ne bo‘lar?