Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Alisherovna.N/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


O'tkir gastrit - oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi bilan kechuvchi bir qator salbiy omillar ta’sirida yuzaga keluvchi polietiologik kasalik hisoblanadi.

O’tkir ekzogen ( ekzo - "tashqi" ) hamda endogen ( endo - "ichki" ) va oshqozon shilliq qavatidagi o’zgarishlarga mos ravishda uning yuzaki ( oddiy ), erroziv va korroziv turlari farqlanadi.

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’tkir gastritning klinik namoyon bo’lishi uning og’irlik darajasi va klinik kechishiga bog’liq. O’tkir ekzogen yuzaki ( oddiy ) gastritda bemorlarning ko’ngil aynishi, shilliq va hazim bo’lmagan ovqatlar ba’zida o’t bilan qayt qilish, oshqozon sohasida ovqat hazm bo’lmaslik hissi, qorinda og’riq, og’izda noxush ta’m, umumiy holsizlik, teri rangining oqarishi, tilni karash bilan qoplanishi, ayrim og’ir kechishlarida qon bosimining pasayishi, enterit ( ingichka ichakning yallig’lanishi ) belgilari kuzatiladi. Aksariyat hollarda kasallik o’rtacha 5-6 kun davom etadi.

O’tkir korroziv gastrit yuzaga kelishida oshqozon shilliq qavatiga yuqori konsentratsiyali kislota yoki ishqoriy moddalar ta’siri ahamiyatga ega. Uning oqibatida shilliq qavat nekrozi ( o’lishi ) kuzatiladi. O’tkir gastritning ushbu shaklida bemorlarda og’iz, qizilo’ngach va oshqozon sohalarida kuchli og’riq, shilliqli va qonli qayt qilish, og’ir hollarda karaxtlik va keyinchalik “o’tkir qorin” belgilari yuzaga keladi.

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning kelib chiqishida ovqatlanish tartibining buzilishi – ovqatning miqdori va sifati, ko’proq kechqurunlari ko’p miqdorda ovqatlanish, spirtli ichimliklar suiiste’mol qilish, taom tayyorlashda o’tkir ziravorlarni ko’p ishlatish, ovqat mahsulotlari va masalliqlarni saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan toksikoinfeksiyalar, salmonellalar, shigella, stafilokokk va boshqalarning ta’siri, ayrim taomlarga allergiya mavjudligi – tuxum, ziravorlar, mevalar, malina, qulupnay va boshqalar, dorilar ta’siri – atsetilsalitil kislotasi, kortikosteroidlar, pirazolon unumlari, antibiotiklar, yurak glikozidlari kabilar ya’ni ekzogen omillar va shuning bilan birgalikda infeksiya – gripp, zotiljam, autointoksikatsiya – buyrak va jigar yetishmovchiligi, organizmda to’qimalarning parchalanishi – kuyish, muzlash, nur ta’siri kabi endogen omillar muhim ahamiyatga ega.

Kasallik va uning patogenezi ( organizmda ayrim belgilar paydo bo’lishi hamda rivojlanishidagi jarayonlar ) uni chaqirgan omillar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ikki xil ko’rinishda rivojlanadi. Ekzogen ( ekzo – “tashqi” ) o’tkir gastritda etiologik omil bevosita oshqozon shilliq qavatiga ta’sir ko’rsatib, uning yallig’lanishini chaqiradi va keyinroq ikkilamchi o’zgarishlar qo’shiladi. Endogen ( endo – “ichki” ) o’tkir gastritda ta’sir etuvchi omil gemotogen yo’l bilan sekin-asta oshqozon shilliq qavatiga ta’sir ko’rsatib, uning yallig’lanishini chaqiradi va keyinroq ikkilamchi o’zgarishlar qo’shiladi. Endogen o’tkir gastritda ta’sir etuvchi omil gemotogen yo’l bilan sekin-asta oshqozon shilliq qavatida o’zgarishlar chaqiradi va bemor ahvolida umumiy intoksikatsiya ( organizmga tashqaridan tushgan yoki organizm o’zida hosil bo’lgan turli zaharlar ta’sirida ro’y beradigan kasallik holati ) belgilari ustunlik qiladi. Ayrim hollarda kasallikning kelib chiqishida har ikkala patogenetik mexanizm faol ishtirok etadi.

Laborator asbobiy tekshirishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’tkir gastritni tashhislashda bemorning o’zidan yoki yaqinlaridan yashash sharoiti hamda kasallik tarixi haqida so’rash orqali mukammal holda to’plangan ma’lumotlar va ezofagogastroduodenoskopiya tekshiruvi ( zamonaviy tekshiruv usullaridan biri bo’lib, ushbu usul oshqozon, qizilo’ngach kabi organlar kasalliklarini o’rganishga imkon beradi ) hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O’tkir gastritni davolash unga olib kelgan etiologik omil bilan uzviy bog’liq. Muolajalar ushbu omillarni oshqozon shilliq qavatiga ta’sirini bartaraf etishdan boshlanishi lozim. Undan so’ng oshqozonni iliq suv yoki moychechak damlamasi bilan yuvish, tozalovchi huqna ( klizma ) lar o’tkazish tavsiya etiladi. Tomir ichiga glyukoza, osh tuzining fiziologik eritmasi va boshqa tuzli eritmalar yuboriladi. Ksallikning birinchi kunida taom iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ikkinchi kundan boshlab ko’p miqdorda suyuqlik ( achchiq bo’lmagan choy, na’matak damlamasi va boshqa sharbatlar ) ichish buyuriladi. Shuningdek, bemorlar iliq qaynatma sho’rva, yog’siz ovqatlar, sut mahsulotlari ( qaymoq, manniy va guruchli bo’tqalar ) iste’mol qilishlari mumkin. Kasallikning kelib chiqishida infeksiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan hollarda antibakterial dorilar buyuriladi.

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning profilaktikasi ovqatlanish, ovqat mahsulotlari va masalliqlarni saqlash tartibiga hamda shaxsiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. A.Gadayev, M.SH.Karimov, X.S.Axmedov // Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 2012.