Foydalanuvchi:Alpasli/qumloq
Ovoz ovchiligi – foydalanuvchilarni davom etayotgan muhokama borasida xabardor qilish va manfaatiga mos keladigan ovoz toʻplashga urinish holati. Agar bu konsensusga erishish niyatida ishtirokchilar sonini koʻpaytirish orqali muhokama jarayonidagi faollikni oshirish uchun amalga oshirilgan boʻlsa, yanglish faoliyat sifatida qabul qilinmaydi.
Ovoz ovchiligi deganda muhokama natijasini maʼlum bir tomonga ogʻdirish uchun taʼsir oʻtkazishga qaratilgan xatti-harakat tushuniladi. Bunday harakat nomaqbul faoliyat sifatida qabul qilinadi. Buning sababi shundaki, u tabiiy ravishda erishilishi lozim boʻlgan konsensus jarayonini buzadi va shu bois odatda buzgʻunchi xatti-harakat sifatida baholanadi.
Tegishli bildirishnoma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munozara borasida koʻproq foydalanuvchilarni xabardor qilmoqchi va yoki ishtirok etmagan foydalanuvchilarni munozaraga jalb qilmoqchi boʻlgan foydalanuvchilar quyidagi sahifalar orqali murojaat etishlari mumkin:
- Muhokama qilinayotgan mavzuga bevosita dahldor Vikiloyihalar yoki boshqa Vikipediya hamkorliklarining muhokama sahifasi yoki eʼlonlar sahifasi.
- Qoida va koʻrsatmalariga doir muhokamalar markazi (masalan, Forum yoki shu kabi boshqa tegishli eʼlonlar sahifasi yoki munozarasi).
- Bir yoki bir nechta holatga bevosita aloqador boʻlgan maqolalarning muhokama sahifasi.
Muhokamada tilga olingan foydalanuvchining suhbat sahifalarida (jumladan, munozara biror foydalanuvchining xatti-harakatiga nisbatan shikoyat boʻlsa).
- Tegishli foydalanuvchilar munozara sahifasi orqali xabardor qilinishi mumkin. Jumladan:
- Mavzu yoki maqolaga sezilarli hissa qoʻshgan foydalanuvchilar
- Aynan shu mavzudagi (yoki yaqin mavzulardagi) avvalgi muhokamalarda ishtirok etgan foydalanuvchilar
- Sohadagi mutaxassisligi va tajribasi bilan tanilgan foydalanuvchilar
- Xabardor boʻlib turishni soʻragan foydalanuvchilar
Nomaqbul bildirishnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Miqyosi“ | „Xabar“ | „Auditoriya“ | „Shaffoflik“ | ||||
„Muvofiq“ | Cheklangan ulashuv | VA | Neytral | VA | Kelishuvsiz | VA | Ochiq |
↕ | ↕ | ↕ | ↕ | ||||
„Nomuvofiq“ | Ommaviy ulashuv | YOKI | Noxolis | YOKI | Kelishuvli | YOKI | Maxfiy |
Jarayoni | Haddan tashqari koʻp joyga joylash („spam“) | Targʻibot | Ovoz toʻplash | Yashirin ovoz yigʻish |
Nomaqbul bildirishnomalar odatda xalaqit beruvchi harakat sanaladi. Bunday faoliyat asosan xabarlarni tarqatish bilan bogʻliq jarayonni oʻz ichiga oladi. Bir nechta sahifaga xabar yuborish uchun botdan foydalanmang, chunki bu spam tarqatishning bir turi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Quyidagi xatti-harakatlarga nomaqbul bildirishnoma xususiyatlarini oʻzida jamlagan holat sifatida qaraladi (va munozaraga xalal beruvchi harakat sifatida qabul qilinishi mumkin):
- Spam tarqatish: Alohida foydalanuvchilarga yoki mavzu bilan hech aloqasi boʻlmagan foydalanuvchilarga haddan ortiq koʻp miqdorda xabar yuborish.
- Targʻibot olib borish: Mavzuni betaraf boʻlmagan tarzda taqdim etadigan muhokama munozarasini ochish.
- Ovoz yigʻish: Maʼlum fikrlari asosida tanlangan foydalanuvchilarga xabar yuborish (ularning qarashlari foydalanuvchi qutisi, foydalanuvchi toifasi yoki avvalgi bayonoti orqali maʼlum boʻlishi mumkin).
- Yashirin targʻibot: Foydalanuvchilarni munozaralarga jalb qilish uchun Vikipediyadan tashqarida (masalan, elektron pochta, IRC yoki Discord orqali) aloqaga chiqish (munozara sahifalaridan foydalanmaslik uchun aniq sabab boʻlmagan taqdirda).
- Muhokama qilinayotgan har qanday masala boʻyicha maʼlum bir nuqtayi nazarni qoʻllovchi xabarga maxsus imzodan foydalanish orqali tarqatish va toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlashni soʻrash. Quyida eng keng tarqalgan nomaqbul bildirishnoma turlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan:
Spam va haddan tashqari koʻp joyga xabar tarqatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilarga xabarlarni bemaʼni tarzda tarqatish turli sabablarga koʻra buzgʻunchilik sifatida baholanishi mumkin. Agar foydalanuvchi mavzuga bevosita dahldor boʻlmasa, xabar „spam“ sifatida baholanadi va bu holat uni amalga oshirgan foydalanuvchining faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Eng muhimi, nizoni hal qilishga juda koʻp foydalanuvchilarni jalb etish koʻpincha muammoni bartaraf etishni imkonsiz qilib qoʻyadi. Shuni yodda tutingki, bildirishnoma tarqatishdan maqsad nizoni hal qilish jarayonini osonlashtirish, uni avjlantirish emas.
Kampaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kampaniya o‘tkazish - maʼlum bir matnda turli ohangdagi fikrlardan foydalanish orqali xabarni o‘qiyotgan odamga ta’sir ko‘rsatishga urinishdir. Bu alohida shaxsiy muhokamaning bir qismi sifatida o‘rinli bo‘lishi mumkin, biroq bunday xabarlar orqali keng ko‘lamli targ‘ib qilish noo‘rin faoliyatdir.
Ovoz yigʻish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovoz yigʻish – bu oldindan maʼlum nuqtayi nazar yoki fikrga ega boʻlgan yoki shunday deb taxmin qilinayotgan foydalanuvchilarni tanlab olib xabardor qilish orqali konsensusga taʼsir oʻtkazishga urinishdir. Bu nuqtayi nazar foydalanuvchi sahifasidagi belgi (masalan, foydalanuvchi qutichasi) yoki foydalanuvchi toifasidan aniqlab olinishi mumkin. Odatda nooʻrin harakat bunday foydalanuvchilarning muhokamada ishtirok etish uchun undalishiga nisbatan aytiladi.
Avvalgi munozarani qayta koʻrib chiqish holati (masalan, „konsensus yoʻq“ boʻlgan)da koʻp miqdordagi xabarnomalarni munozara mobaynida maʼlum bir nuqtayi nazarni bildirgan shaxslarga yuborish nooʻrindir. Baʼzi hollarda muhokamaning barcha „tomonlari“dagi foydalanuvchilarni (masalan, maʼlum bir mavzu boʻyicha avvalgi munozarada ishtirok etgan har bir kishini) xabardor qilish uchun foydalanuvchilarning munozara sahifalarida tegishli eʼlonni joylashtirish oʻrinli faoliyat turi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Yashirin targʻibot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediya sahifasidagi bildirishnomalarga nisbatan shaffof boʻlmaganligi sababli, agar muhokama sahifalarida bildirishnoma yuborishning imkoni bo‘lmasa, foydalanuvchilarni ogohlantirish maqsadida elektron pochta, IRC, Discord yoki boshqa Vikipediyadan tashqari aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan tavsiya etilmaydi.
Targʻibotga qanday javob berish kerak
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sodir boʻlayitgan aniq buzgʻunchi targʻibotga eng samarali javob – bu targʻibot uchun mas’ul foydalanuvchi(lar)ning muhokamasida Andoza:Ovoz ovchiligi andozasi orqali bildirishnoma yubormasligini hurmat bilan soʻrashdir. Agar ular bunday harakatni davom ettirsa, administratorlar forumiga xabar qilinish tavsiya etiladi. Bu holat ularning chetlashtirilishi yoki ogohlantirilishi uchun asos boʻladi. Avval bildirishnoma tarqatishdan tiyilishi soʻralgan foydalanuvchilar qoʻshimcha ogohlantirishsiz bloklanishi ham mumkin.
Noo‘rin konsensus shakllantirishning boshqa usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konsensusga erishish jarayonida noma’qul bo‘lgan boshqa harakatlar borasida konsensus siyosati sahifasi orqali maʼlumot olishingiz mumkin. Ovoz to‘plashdan tashqari, bu harakatlarga quyidagilar kiradi: forum savdosi (o‘zi istagan natijaga erishgunga qadar masalani turli muhokama sahifalarida ko‘taraverish), yashirin qoʻgʻichoqbozlik va xoʻrak qoʻgʻirchoqbozligi (soxta taassurot uyg‘otish maqsadida munozaraga uydirma yoki haqiqiy tashqi ishtirokchilarni jalb etish), shuningdek, g‘arazli tahrirlash.