Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Annafrank19/Qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Annafrank19/Qumloq
Tavalludi
Iya Ninidze

8 September, 1960
Taʼlimi Tbilisi Choreographical School, Gerasimov Institute of Cinematography
Kasbi aktyor
Bolalari 2

Ninidze, Iya (Borisovna1960-yil 8-sentyabrda tugʻilgan) gruziyalik aktrisadir. Ninidze oʻn uch yoshida musiqiy filmda rol ijro etgan. „Gruziyalik Odri Xepbern“ deb nomlanib, kino va televideniyeda faoliyat yuritgan. Filmlardan biri Iosif Stalinni satirik tarzda tasvirlashgani uchun Sovet senzorlari tomonidan 3 yil taqiqda boʻlgan.

Ninidze, Iya Borisovna 1960-yilda hozirgi Gruziya poytaxti boʻlgan Tbilisida tugʻilgan. Uning otasi televideniye rejissori, onasi esa rus tili oʻqituvchisi boʻlgan.[1] Ninidze yoshligidanoq Tbilisi xoreografiya maktabiga baletno oʻrganishga bor boshlagan va u yerda uning aktyorlik isteʼdodi ilgʻab qolishgan. Ninidze oʻn uch yoshida Giorgi Shengelayaning mashhur gruzin musiqiy filmi „Vera mahallasi kuylar“ida rol ijro etgan.[2] Ninidze u yerda balet maktabiga borishni orzu qilgan Tsitsino ismli qizning rolini ijro etgan.[1][1]

Uni „Gruziyalik Odri Xepbern“ deb atashgan[1]. Uning filmlar roʻyxatiga 1968-yilda suratga olingan „Xavotir olmang“ hamda 1975-yilda yaratilgan „Birinchi qaldirgʻoch“ kabi asarlar kiradi. Bu milliy va xalqaro futbol jamoalari bilan kurashadigan Gujeriya futbol jamoasi haqidagi film.[3] 1987-yilda „Tazarru“ filmida[2] Ninidze asosiy qahramoning xotini rolini oʻynaydi.[1] Film 1984-yilda yaratilgan boʻlsa-da, sovet senzorlarining uni ekranlarga chiqarishga rozi boʻlishi uchun uch yil kerak boʻlgan. Bu film Stalinning hayoti va jinoyatlari haqidagi hajviy asardir.[4]

Ninidze televizorda „Oddiy haqiqatlar“ koʻrsatuvida va ikki qismli „Samoviy qaldirgʻochlar“ nomli komediya dramasida ham rol ijro etgan. Oʻsha mashhur rus telefilmida Ninidze maktab oʻquvchisi va boʻlajak aktrisa rolini ijro etagan. Filmda uning qoʻshiq oʻqituvchisi uni oldindan kelishilgan nikohga olib boradi.[5] Ninidze teatrda ishtirok etish uchun Moskvaga koʻchib oʻtgan.[1]

2012-yilda Ninidze Rusudan Chkonia tomonidan suratga olingan kichik byudjetli „Tabassumni saqlang“ nomli gruzin filmida rol ijro etdi. Ushbu film oʻsha yilgi „Oskar“ mukofotining eng yaxshi chet el filmi nominatsiyasida Gruziya nomidan taqdim etilgan. Bu Komedik film boʻlib shuhratparast onalarning oʻz qizlarini axloqsiz goʻzallik tanloviga kiritib, bilvosita raqobatlashishlari haqidagi voqeani tasvirlaydigan asar.[6]


  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ия Нинидзе - Биография - Актеры советского и российского кино - Биография Ии Нинидзе“. rusactors.ru. Qaraldi: 2024-yil 5-mart. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "ruact" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 „Dollar VS Lari“ (ka). GeorgianJournal (2020-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  3. „First Swallow at Ciné Lumière“ (en-GB). Institut Français · Royaume-Uni. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  4. Bradshaw, Peter. „Repentance review – dreamlike satire from Soviet Georgia brings life to Stalinist ghosts“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  5. Beyond. „10 Soviet musical films the whole country sang along to (VIDEO)“ (en-US). Russia Beyond (2023-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  6. Holdsworth. „Georgia ‘Smiling’ for Oscar“ (en-US). Variety (2012-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.

[[Turkum:Yashayotgan insonlar]] [[Turkum:1960-yilda tugʻilganlar]]