Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Anvar Abdisattorovich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

UTTEGIN — turk yigiti, kuyov. 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan nodir hujjatlar majmuasi orasida VII-VIII asrlarga oid nikoh guvohnomasida Uttegin va Dug‘dg‘uncha, Chata laqablisug‘d ayoli o‘rtasida tuzilgan nikoh qayd etilgan. Topilgan bitimga asosan Dug‘dg‘unchaning ixtiyori bilan qonunga muofiq Uttegin sevimli va ardoqli xotin sifatida uni qabul qilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, zebu ziynat bilan ta’minlamog‘i va hurmatizzat qilmog‘i lozim edi. O‘z o‘rnida Dug‘dg‘uncha ham Utteginnisevimli va ardoqli ersifatida tutmog‘i, uning baxtli turmushi haqida qayg‘urmog‘i va uning buyruqlarini qonun kabi tinglamog‘i darkor edi. Hujjatda eru xotinlardan biri ikkinchisining roziligisiz nikoh bitimini buzish shartlari bayon etilgan. Jumladan, agar Uttegin Dug‘dg‘unchaning roziligisiz uning ustiga uylansa, u vaqtda Dug‘dg‘unchaga 30 dinoriy sof kumush drhamtovon to‘lashi va uni na xotin va na xizmatkor sifatida tutib turmay ozod etishi shart bo‘lgan. Yana boshqa hujjat Utteginning Dug‘dg‘uncha qarindoshlariga bergan vasiqasi bo‘lib, unda kuyov quyidagi shartlarni o‘z ustiga olgani bayon etiladi. Ushbu vasiqaga binoan “Chata bugundan boshlab, kelajakda, to abad mening xotinimbo‘lib qoladi. Sening va Mitra (xudo) ning ishtirokida majburiyat olaman: uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka bermayman, biror kimsaga himoyaga bermayman. Bordi-yu, uni mendan kimdir tortib olsa, xo‘rlasa, uni ziyon-zahmatsiz (sizlarga) jo‘nataman. Chata o‘zi ketishni xohlasa ham . shu tariqa ziyon-zahmatsiz jo‘nataman va sog‘-salomat topshiraman. Agar topshirmasam, u holda . toza sifatida 100 dinoriy kumush drahma to‘layman.

Jumanov Anvar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farhod Sultonov, Farrux Bozorboyev " Oʻzbekiston tarixi " Toshkent 2007

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jumanov Anvar Abdisattorovich

[tahrir | manbasini tahrirlash]