Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Asadbek.bakhromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kitob o'qishni boshlash va uni davomiy qilish uchun nimalar qilish kerak?[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Bugun kitob oʻqigan odam kechagi odam emas!”[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Kitob barchamizning hayotimiz uchun kerak bo'lgan, lekin undan juda kam foydalaniladigan muhim narsa hisoblanadi. Bu narsani barchamiz bilamiz, lekin unga amal qilmaymiz. Kimdir kitob o'qishni xohlab, lekin o'qishni boshlay olmasa, yana kimdir kitob o'qishni boshlab turib uni davomiy qila olmaydi. Albatta, bu narsalarga yechim bor va ular turlicha. Albatta, pastda yozilayotgan gaplar, maslahatlar barchasi shaxsiy fikrim hisoblanadi, agar xato bo'lsa barchadan oldindan uzr so'rayman. Barchada kamchilik bo'ladi, shuningdek menda ham.

1.Kitob tanlash.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob o'qishni boshlash uchun qanday kitob o'qishni tanlash eng muhim ishdir. Bunda e'tibor beriladigan bir nechta jihatlar bor:

-muammoni aniqlash. Bu eng muhimi, kimdir janr deb ham aytishi mumkin, lekin janrdan ham oldin, biz o'zimizning muammomizga yechib bera oladigan kitobni tanlasak, u kitobni qiymati va bizni unga bo'lgan ehtiyojimiz oshib boradi. Kimdadirt so'zlashda yoki fikrlashda muammosi ko'proq bo'lsa, ko'proq badiy kitoblar o'qishni tavsiya qilishadi. Bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerakki, barchamiz hali hech qaysi bilimni mukammal egallamaganligimizni inobatga olsak, hamma kitob barchamiz uchun foydali, lekin eng muhimini ko'ra bilishimiz kerak. Lekin, kitobning darajasi baland bo'lsa, boshlanishiga uni o'qimang va daraja sifatidan tushunish oson bo'lgan kitoblardan boshlang.

-tavsiyalar olish. Kitobni o'qishdan oldin ma'lum bir doimiy kitob o'qiydigan va bu bo'yicha yetarlicha tajribasi bo'lgan insondan maslahat olish kerak.

-kitobni skaner qilish. Bu mening eng yoqtiradigan mashg'ulotim. Kitob sotib olayotganimda, kitobni nomiga, ichidagi mavzusiga va muallifning yozgan gaplariga e'tibor qarataman. Hozirgacha menga eng ko'p qo'l kelgan usul shu, chunki kitobga bo'lgan qiziqishim yanada oshib ketadi va "bu men uchunmi?" degan savolga javobni olaman.

2.O'qishdan maqsad.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir ishda aniq bir maqsad bo'lmasa, u biz uchun ahamiyatsiz va qiymatsiz hisoblanadi. Maqsad bilan qilingan ish esa yo'ldagi qiyinchiliklarga nimaga sabr qilishimiz kerakligini va biz oxiri qanday natija olishimizni bilishimizga yordam beradi. Kitob o'qishni boshlashdan oldin, yarim soat vaqtingizni tafakkur qilishga sarflang va o'zingizga aniq bir maqsad qo'yib oling.

3.Oldingizmi? Berishni ham biling.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob o'qisangiz u haqida birinchi navbatda yaxshi suhbatdoshingizga uni aytib bering. Agar bunday insonimiz bo'lmasa, u haqida yozing. Boshlanishida, bu vazifalarni kunlik qilishni tavsiya beraman. Bu yozish yoki gapirib berish qanday bo'ladi? Juda oddiy, mukammalikka intilmang. Agar biz bu ishni mukammal qilishni xohlasak ancha vaqtni yuqotib qo'yamiz. Kundan kunga yaxshilab boravering, In shaa Alloh oxiridagi natija albatta yaxshi bo'ladi.

4.Ko'p o'qimang.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ha bu g'alati eshitilishi mumkin, lekin bu eng muhimi. Insonning nafsi uning eng katta dushmani va bizni kitobdan to'sadigan ham u. Ko'pchilik kitob o'qishni boshlaganlarda dastlab ko'p betlarni o'qib, kitobdan boshini ko'tarmaganini ko'raman. Ularni bir oz muddat o'tganidan so'ng esa, hali tugatishmaganini va kitob o'qimayotganini ko'raman. Boshida ko'p o'qisa bo'ladi, lekin hamma uchun ham emas. Kuniga 5-10 betdan bo'lsa ham boshlang, undan ko'p o'qimang, o'qish imkoningiz bo'lsa ham, unga yanada qiziqib ketsangiz ham. Inson biror-bir ishni qilargan agar u qiyin bo'lsa, keyingi safar uni qilishni unchalik ham xohlamaydi. Shuning uchun ham uni yengil bajaring va har 2-3 kunda 1-5 betdan ko'paytirib boring. Bu kitobni boshlagandan so'ng davomiy bo'lishiga olib keladi va oldin kitob o'qib to'xtatib qo'yganlar ham shu usuldan foydalanishsa kitob o'qishni davomiy qilsa bo'ladi.

Yuqoridagi gaplarning hammasi faqatgina shaxsiy fikr va kichik tajribadan o'tgan ham.