Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Asadbek Soataliyev/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Murshid (arab. مرشد) – arab tilida “rahbar” yoki “ustoz” maʼnosini bildiradi. “Murshid” so’zi “r-sh-d” oʻzagidan olingan boʻlib, asosiy maʼnosi “toʻgʻrilik, aql-idrok, yetuklik sohibi boʻlish” deganidir[1]. Tasavvufda u ruhiy yo'lboshchiga ishora qiladi. Bu atama Naqshbandiya, Qodiriya, Chishtiya, Shoziliya va Suhravardiya kabi so'fiylik tariqatlarida ko'p qo'llaniladi.

Tasavvuf yo‘li shogird (murid)ning ruhiy yo‘lboshchi (murshid)ga bay’at qilishi bilan boshlanadi. Qur'oni karim bu bay'at haqida shunday deydi: " Albatta, senga bay’at qilayotganlar faqat Allohning O‘ziga bay’at qilmoqdalar. Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustidadir[2]” (48:10).

Murshidning vazifasi shogirdini so'fiylik yo'lida ruhan yo'naltirish va unga og'zaki yo'l-yo'riq berishdan iborat, ammo arab tilidagi murshid atamasining toʻliq maʼnosiga ko’ra, "o'zi yo'lning oxiriga yetgan kishigina ruhiy rahbar” hisoblanadi.

Murshid odatda bitta tariqat (ma'naviy yo'l) uchun ustozlik qilishga ruxsat oladi. Har qanday tariqat yoki silsilada bir vaqtning o'zida bitta murshid bo'lib, u ma'naviy tartib rahnamosi hisoblanadi. U xalifalik (o’rinbosarlik) yo'li bilan shayx sifatida tayinlanadi: bu jarayonda shayx o'z shogirdlaridan birini xalifalik uchun o'zining vorisi deb e’lon qiladi.

Tasavvufda ilohiy nurni murshid qalbidan shogirdga yetkazish har qanday ilm manbasidan ustun bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilohiylikka intilishning yagona yo‘lidir. Murshidi komil akmal (“Insoni komil” ham deyiladi) tushunchasi aksariyat tariqatlarda muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra, Alloh taolo mavjudligining mukammal timsoli bo'lgan va islom dinining payg'ambari Muhammad (s.a.v.)ning izidan boradigan Qutb yoki “Universal Inson” yer yuzida hamisha mavjud bo’lib qoladi.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. See Hans Wehr's Arabic Dictionary, 4th ed., s.v. rašada.. 
  2. Cf. Martin Lings, What is Sufism, Islamic Texts Society, Cambridge, p. 125. 

[[Turkum:Soʻfiylik]]