Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Azizbek9220/Ontologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

kategoriyalar yordamida jahonning o‘zida umumiy tuzilishini aks ettiruvchi falsafiy manzarasini, jumladan jamiyat va uning aniq va konkret tarixiy taraqqiyoti haqidagi qarashlarni shakllantiradi. Gneseologiya - dunyoni, jumladan tarixiy jarayonlarni anglash, bilishning chegaralari, me'yorlari va imkoniyatlarini asoslab beradi; mantiq - ilmiy tarixiy bilish uchun zarur bo‘lgan fikrlashning shakllari amalga oshirilishining to‘g‘ri qo‘llanilishini ajratib, asoslab beradi; epistemologiya - ilmiy bilishdagi umumiylikni o‘rganadi, ilmiy bilish nazariyasini ishlab chikadi, jumladan ilmiy tarixiy bilish nazariyasini o‘rganadi; ijtimoiy falsafa - zamonaviy jamiyatning tuzilishi va vazifaviy xususiyatlaridagi umumiylikni o‘rganadi va ayni vaqtda yangi va eng yangi tarixning nazariy asoslarini yaratishda asosiy o‘rin tutadi; tarix falsafasi - umumjahon tarixiy jarayonlaridagi umumiy mantiqiylikni o‘rganadi, tarixiy jarayon nazariyasi uchun ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratadi.