Foydalanuvchi:Azizbek9220/Pozitivizm
Pozitivizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ingliz olimi O.Kont tomonidan ilgari surilgan. Pozitivistlar hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning maxsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning keragi yo‘q degan g‘oyaga asoslangan subektiv qarashga ega edilar. Pozitivistlar aniq dalillarni qaror toptirish va ularni tavsiflab berish, dalillarni tekshirish va manbalarni tanqidiy tahlil qilishga e'tibor qaratishi kerak, deb hisobladilar. Pozitivistlarning fikricha, jamiyatning taraqqiyot qonunlari bu tabiat qonunlarining davomidir. Tarixchi pozitivistlar ilgari surgan uslublardan biri bu tarixiy taqqoslash uslubidir. Asosiy kamchiliklari − pozitivistlar tarixda hodisalarning ichki sabab-oqibat aloqadorligi imkoniyatlarini inkor qildilar va tarixchining asosiy vazifasi tarixiy hodisalar sodir bo‘lishining "nima uchun sodir bo‘ldi" degan savolga emas, balki "qanday sodir bo‘ldi" degan savolga javob berishdan iborat deb xisobladilar.