Foydalanuvchi:Azizbek9220/Radishev Aleksandr Nikolayevich
RADISHChEV Aleksandr Nikolayevich [1749-yil.20-avgust Moskva — 1802-yil 12-sentiyabr Peterburg] — rus yozuvchisi va faylasufi. Peterburgdagi Pajlar korpusi (1762—1766) va Leypsig unversitetining huquqshunoslik ffakulteti (1766—1771)da oʻqigan. Radishchev dunyoqarashining shakllanishida fransuz maʼrifatparvarlarining asarlari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 1771-yillarda Radishev Senatga protokolchi etib tayinlangan va shu vaqtda Mablining «Yunon tarixi haqida oʻylar» kitobini rus tiliga tarjima qilgan. 1773—1775 y. larda diviziya prokurori boʻlib ishlagan, Pugachyov qoʻzgʻoloni shafqatsizlik b-n bostirilgach (1775), isteʼfoga chikib, turli joylarda xizmat qilgan. 1780-yillarda rus maʼrifatparvarlari harakati qizgʻin tus olganda Radishchev ular bilan hamkorlik qilgan. Uning rus xalqi tarixi boʻyicha mushohada va mulohazalarining mahsuli sifatida «Lomonosov haqida soʻz» (1780), «Doʻstimga xat» (1782, Pyotr 1 haykalining ochilishi munosabati b-n) makrlalari, «Erkinlik» qasidasi (1783) va b. asarlari maydonga kelgan. 1790-y. esa Radishchev ijodining «gultoji» — «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asari Radishchevning oʻz bosmaxonasida 650 nusxada chop etilgan. Ammo kitob musodara etilib, Radishchevning oʻzi Sibirga surgun qilingan. Radishchev Yekaterina II vafotidan keyin ozodlikka erishib (1796), otasining Nemsovo qishlogʻidagi qoʻrgʻoniga koʻchib borgan. 1801-yilda esa u krnunlar tuzish komissiyasiga ishga jalb etilgan. Radishchev «Peterburgdan Moskvaga sayohat» asarida 18-asr. oxiri rus voqeligidagi ijtimoiy ziddiyatlarini teran ochib bergan. Radishchevning bu va boshqa. asarlaridagi inqilobiy ruh sovet davrida yuqori baholangan va Radishchev sovet mafkurasining bayrokdorlaridan biriga aylangan.
Manba
https://qomus.info/oz/encyclopedia/r/radishchev-aleksandr-nikolaevich/