Foydalanuvchi:Azizbek9220/Raketalar dinamikasi
RAKETALAR DINAMIKASI — reaktiv dvigatelli uchish apparatlari harakatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Raketalar dinamikasining nazariy asoslari 19-asr. oxiri, 20-asr. boshlarida yaratildi, 20-asrni 40-yillari oxiridan jadal rivojlana boshladi. Boʻlimlari:
1) raketalarning ogʻirlik markazi harakatini oʻrganish; bunda trayektoriyalarga oid masalalar nazariyasi yaratiladi;
2) raketalar harakatini ogirlik markaziga nisbatan oʻrganish; bunda kosmik kemalarni kosmosda tutashtirish, raketalarni boshqarish, moʻljalga toʻgʻrilash va b. masalalar hal qilinadi; 3) eksperimental Raketalar dinamikasi ; bunda raketalar harakatini tadqib qilishning eksperimental usullari oʻrganiladi. Raketalar dinamikasida optik va radiotexnik asboblar, kompyuterlar qoʻllaniladi, ehtimoliy jarayonlar nazariyasidan foydalaniladi.
Raketalar dinamikasining asosiy vazifalaridan biri — dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlarini oʻrganish. Raketa uchayotganda yonilgʻi yonishi tufayli massasi ancha kamayadi. Masalan, bir bosqichli raketalar tezlik olish (start) paytida dastlabki ogʻirligining 90% ini yoʻqotadi. Dvigateli ishlab turgan raketalarning harakat qonunlari oʻzgaruvchan massali jismlar mexanikasi tenglamalari orqali ifodalanadi.
Manba