Foydalanuvchi:Azizbekovna Bonuxon
Mioma – ayollar reproduktiv aʼzolaridan biri boʻlgan bachadon patalogiyasi. Leyomioma ovariumdan ishlab chiqariladigan progestron va estrogen gormonlarining oshib yoki kamayib ketishiga sezgir gormonal disbalans. Asosan, estrogen gormoning hajmi ortishi, progestron gormonining hajmi kamayishi hisobiga kelib chiqadi. Mioma progestron va estrogen gormonlariga qaram. Qachon estrogen miqdori yuqori boʻladi?. Homiladorlikda, estrogen preparatlarini qabul qilganda: shuni hisobiga miamatoz tugunlar kattalashishi mumkin. Qachon estrogen miqdori kamayadi? Gormonlar atrofiyaga uchrasa, agar estrogen miqdori ortsa mioma rivojlanadi, kamaysa protsses ortga qaytadi. Miamatoz tugun atrofiyaga uchrashni boshlaydi. Va menopauza davrida gormonlar pasayishni boshlaydi. Shu bilan birga estrogen ham kamayadi, bu esa klassifaktga aylanadi. Oʻz –oʻzidan klassifaktsiya boʻlgan miamatoz tugun qattiqlashadi. Shuning uchun ham premenopauza va postmenopauza ayollarda, miamatoz tugunlar qattiq toshga aylanib qoladi, bu ,,Bachadon toshlari’’ deb ataladi. Ushbu kasallik sabablari turlicha va epidemiologik omillar bilan bogʻliq boʻlsa ham, aniq mexanizimlari toʻla qonli tushunilganicha yoʻq, ushbu bachadon patalogiyasi bilan bogʻliq tadqiqot boʻshliqlarimiz va nomutanosibliklar bor. Bachadon miomalari bir necha millionlab ayollarning turmush tarzi va salomatligiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmay qoʻymaydigan saratonsiz, yaxsh xulqli oʻsmalardir. Soʻnggi yillarda bachadon miomasining zamonaviy diagnostika va davolash metodlari sezilarli rivojlanishga erishdi, lekin hali ham koʻplab bemorlar uchun samarali va mos keluvchi davolash usullarini tanlashda qiyinchiliklar mavjud.
Bachadon miomasini davolash uchun qo’llaniladigan zamonaviy metodlarni tahlil qilish va ularning samaradorligini baholashdir. Bu operativ va konservativ davolash usullari,ularning samaradorligi, dolzarbliligi va kamchiliklarini o’rganishni o’z ichiga oladi.Bachadon miomasini davolashda zamonaviy metodlar, masalan, gisteroskopiya, bachadon arteriya embolizatsiyasi, postmenopauzal reproduktiv yoshdagi ayol uchun jarrohlik amaliyotlari; bachadon miomasining zamonaviy talqinini, davolash metodlarini tahlil qilishni maqsad qiladi. Bachadon miomasi bilan kasallangan bemorlar orasida kam foizlarda simptomlar kuzatiladi. Simptomlar orasida og’riq, qon ketishi, reproduktiv muommolar mavjud.Ko’pincha miomalar asemptomatik holatda rivojlanadi, ularni ginekologik tekshiruv paytida o’tkazilgan rengenologik muolaajalar paytida ko’rib qolish mumkin.Ushbu tadqiqot davomida , miomalarning aniqlashda eng samarali metod sifatida UTT va MRT yordamida aniqroq ma’lumotlar olinadi.Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,miomalar joylashuvi, o’lchamlari va simptomatik ta’siriga qarab, davolash yondashuvlari farqlanishi kerak.
Xulosa:Bachadon miomasining zamonaviy talqinini yanada chuqurlashtirish va davolash metodlarini takomillashtirish uchun genetik, molekulyar va biologik tadqiqotlar zarur. Har bir bemor uchun optimal davolash strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy tibbiyotdagi yangiliklar va texnologiyalar bachadon miomasining talqinini yaxshilash va davolash metodlarining samaradorlik imkonoyatlarini oshirdi. Biroq bu boradagi tadqiqot va amaliyotdagi yangi yondashuvlar bemorlar salomatligini saqlash va yaxshilashda davom etishi lozim.