Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Choriyeva Feruza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chxunchxon-Namdo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya ramzlari: Gul: xrizantema. Qush: mandarin o‘rdagi. Daraxt: majnuntol, oq tol. Maskotlar: Gidori va Giyomi toshbaqalari Chxunchxon-Namdo (Janubiy Chxunchxon)– Koreya Respublikasining g‘arbida joylashgan provinsiyasi. 1945 yilga qadar Koreya tarkibidagi Chxunchxon-Namdo provinsiyasi 1896 yili Chxunchxondo provinsiyasining janubi-sharqiy qismidan ajralib chiqdi. Chxunchxon-Namdo provinsiyasi poytaxti Tejon shahri. Provinsiya Xoso mintaqasining bir qismi sanaladi, g‘arbda Sariq dengizi, shimolda Kyongido provinsiyasi, janubda Cholla-Pukto provinsiyasi, sharqda Chxunchxon-Pukto provinsiyasi bilan chegaradosh. Bu chegaralar 1896 yili ta’sis etilgan. Asosiy sanoat sohalari: qishloq xo‘jaligi va baliqchilik. 220 kvadrat kilometr qirg‘oqbo‘yi tuz ishlab chiqarishda foydalaniladi. Provinsiyada boy foydali qazilmalar: tosh ko‘mir, oltin, kumush, toriy va sirkoniya kabi kamyob metallar. So‘nggi vaqtlarda yuqoritexnologik ishlab chiqarish faol rivojlanmoqda. Provinsiya hududida bir qancha texnoparklar qurildi. Provinsiyada eksport hajmi 2001 yildan 2005 yilgacha 116 mln. dollardan 335 mln. dollargacha o‘sdi. Keryon tog‘ining 845 metr balandligida o‘zining ajoyib qoyalari bilan mashhur milliy park joylashgan. Parkda ko‘p sonli budda ibodatxonalari mavjud. Chxunchxon-Namdo 7 shahar va 9 uyezdga bo‘lingan. Shaharlar: Asan, Keryon, Konju, Nonsan, Poryon, Sosan, Chxonan. Uyezdlar: Yesan, Yongi, Kimsan, Puyo, Sochxon, Tanjin, Txean, Xonson, Chxon’yan.