Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dilshod Baxtiyorovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUTSEFAL

Butsefal (lotincha "busephalus" - "buqaboshli") buyuk sarkarda va hukmdor Aleksandr Makedonskiyning sevimli tulpori. Peshonasida buqaning boshiga o'xshash oq qashqasi borligi uchun shunday nom olgan. 12 yoshligida otasi Filipp II tomonidan sovg'a qilingan. Butsefalni faqat Aleksandr jilovlay olgan. Uni faqat sarkardaning o'zi mingan boshqa hech kim undan foydalanmagan. Butsefal Aleksandr Makedonskiyga 15 yil xizmat qilgan (Kallisfen ma'lumoti.) Aleksandr Butsefalni o'zi bilan olib yurgan. Lekin janglarda asosan boshqa tulporlardan foydalangan. Mil.avv 326-yilda Hind hukmdori Por bilan bo'lgan jangda Butsefal halok bo'ladi.

Aleksandr Makedonskiy sevimli otining xotirasi uchun hatto shahar qurdiradi. Bu shaharning xarobalari bugungi kunga qadar saqlangan va Pokistonning Jalolpur shahrida joylashgan 

  1. Плутарх, «Александр», 6, Сравнительные жизнеописания в двух томах
  2. Арриан, Поход Александра, 5.19 Плутарх, «Александр», 44, Сравнительные жизнеописания в двух томах.