Foydalanuvchi:Dodomatova Sevinch
UZUNCHOQ MIYA VA ROMBSIMON CHUQURCHANING VAZIFASI
DODOMATOVA SEVINCH BAXRAMALIYEVNA
TTA 1-davolash fakulteti 205a guruh talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada uzunchoq miya va rombsimon chuqurcha haqida fikr va mulohazlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Uzunchoq miya, nerv sistemasi, medulla oblongata, rivojlanish, rombsimon chuqurcha, qon tomir.
Аннотация: В данной статье представлены мысли и мнения о продолговатом мозге и ромбовидной ямке.
Ключевые слова: Длинный мозг, нервная система, продолговатый мозг, развитие, ромбовидная ямка, кровеносный сосуд.
Abstract: This article presents thoughts and opinions about the medulla oblongata and rhomboid fossa.
Key words: Long brain, nervous system, medulla oblongata, development, rhomboid fossa, blood vessel.
Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma bo‘lib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi bo‘lib, qusishdan aksirishgacha bo‘lgan avtonomik (ixtiyorga bog‘liq bo‘lmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uyg‘onish siklida ishtirok etadi. Embrional rivojlanish davrida uzunchoq miya miyelensefalon (lot. myelencephalon)dan rivojlanadi. Miyelensefalon ikkilamchi pufakcha bo‘lib, rombensefalon yoki ortki miyaning yetilishi davomida shakllanadi. Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar so‘zi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar so‘zi uzunchoq miyaga bog‘langan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.
Rombsimon chuqurcha (fossa rhomboidea) Uzunchoq miya va ko'prikning orqa tomonida joylashgan. Rombsimon chuqurcha IV qorinchaning tubi hisoblanadi. Unda likvor oqadi. Rombsimon chuqurchaning yuqori va pastki uchburchagi farqlanadi. Uning yuqori uchburchagi ko'prikning, pastki uchburchagi uzunchoq miyaning dorsal yuzasiga to'g'ri keladi. Rombsimon chuqurchani yuqori-yon tomondan miyachaning yuqori oyoqchalari, pastki-yon tomondan pastki oyoqchalari chegaralab turadi. Rombsimon chuqurchaning qoq o'rtasidan medial egat ha (sulcus medianus) o'tadi. Rombsimon chuqurchaning yuqori uchburchagida V, VI, VII, VIII juft, pastki uchburchagida IX, X, XII juft nervlar yadrolari joylashgan (5.5-rasm). Eslatib o'tamiz, III, IV, XI nervlar yadrolarining rombsimon chuqurchaga aloqasi yo'q.
Foydalanilgan adabiyotlar.