Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Donald uz/qumloq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Andoza:Infobox officeholder


Peter Thomson

Thomson, 2007-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi
Mansab davri
2-oktyabr, 2017-yil(2017-10-02)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-chi prezidenti
Mansab davri
2016-yil sentyabr - 2017-yil sentyabr
Avvalgisi Mogens Lykketoft
Keyingisi Miroslav Lajčák
Fiji Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili
Mansab davri
2010-yil fevral – 2017-yil avgust
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1948 (yoshi 75–76)
Suva, Rewa , Fiji
Turmush oʻrtogʻi Marijcke Thomson
Taʼlim Natabua o‘rta maktabi , Sevenoaks maktabi
Alma mater Oklend universiteti, Wolfson kolleji, Kembrij
Kasbi Diplomat


Piter Thomson ( 1948-yilda tugʼilgan) Fiji davlati diplomati va Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining Okean bo‘yicha maxsus elchisidir. U 2016-yil sentyabrdan 2017-yil sentyabrgacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Thomson, 2010-yil fevraldan 2017-yil avgustigacha Fiji davlatining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan, bir vaqtning o‘zida Fidjining Kubadagi elchisi sifatida ham ishlagan.

2014-yilda Fiji Respublikasining BMTdagi doimiy vakili sifatida Thomson Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Aholi jamg‘armasi va Loyihalar xizmati boshqarmasi Ijroiya kengashining raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Shu lavozimda u 2013-yilda BMTning eng katta muzokarachi guruhi – rivojlanayotgan 133 ta davlatdan iborat "77 guruhi va Xitoy"ning Fiji nomidan raisligini zimmasiga oldi. 2011-yilda u Xalqaro dengiz tubi ma'muriyati (ISA) Assambleyasining 17-sessiyasi prezidenti etib saylangan va 2015-yilda esa ISA Kengashining 21-sessiyasi prezidenti etib saylangan.