Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/KARAMATOV Hamidulla Saʼdullayevich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KARAMATOV Hamidulla Saʼdullayevich – 1953-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1976-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-arabshunos, filologiya fanlari doktori, professor.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

KARAMATOV Hamidulla Saʼdullayevich 1975 – 1978-yillar Liviyada (Tripoli shahrida) stajyor-tarjimon 1978 – 1979-yillar Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Sanʼatshunoslik institutida kichik ilmiy xodim; 1979 – 1985-yillarda Oʻz FA Falsafa va huquq institutida laborant, ilmiy xodim (orada 1983 – 1985-yillar Iroqda tarjimon); 1985 – 1988-yillarda V. P. Chkalov nomli samolyotsozlik korxonasining xorijiy ishlar boʻlimi xodimi; 1988-yildan ToshDUning tarjima nazariyasi kafedrasida katta oʻqituvchi; 1991 – 1993-yillar ToshDU rus filologiyasi fakultetida dekan muovini, 1993-yildan dotsent, 1994-yildan professor, shu yildan Indiana universiteti (AQSH) ilmiy xodimi; 1995-yildan OʻzR Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasida masʼul xodim; 1999-yildan TIU rektori; 2003 – 2005-yilgacha OʻzRning Fransiyadagi,  Ispaniyadagi, YUNESKOdagi Favqulodda va Mux tor elchisi; 2005 – 2008-yillar JIDU rektori; 2008 – 2009-yillar OʻzR Tashqi Ishlar Vazirining birinchi oʻrinbosari; 2009–2011-yillar OʻzR ning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi. 2013-yildan nafaqada.

Ilmiy yoʻnalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomshunoslik, Qurʼon va uning oʻzbek adabiyotidagi oʻrni masalalari. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

Asosiy ilmiy ishlari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: “Istoki, original i uzbekskiy perevod «Temur Velikiy”. – Tashkent, 1990.

Dokt. diss. mavzusi: “Oʻzbek adabiyotida Qurʼon mavzulari (adabiy-tarixiy tahlil)”. – Toshkent, 1993.

1. Istoriko-literaturnыe sochineniya o Temure i mejliteraturnыe obщnosti // Mejvuzovskaya nauchnaya konferensiya. – Tashkent, 1989. – S. 98 – 100.

2. Perevod xudojestvennoy literaturы s angliyskogo yazыka: Oʻquv qoʻllanma. – T., 1990.

3. “Sohibqiron Temur” fojiasining sarchashmalari. // Sharq yulduzi. – Tashkent, 1990. – №12. – Gʻ. Salomov bilan hammualliflikda

4. Iisus Xristos v Korane // Nauchnыe trudы TashGU. – Tashkent, 1992.

5. Tarjima muammolari // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. – Toshkent, 1992, 25-may.

6. Osobennosti perevoda religioznoy literaturы: uchebnoye posobiye. – Tashkent: Fan, 1992.

7. Qurʼon va oʻzbek adabiyoti (monografiya). – Toshkent: Fan, 1993. –93 b.

8. Arbaʼin hadis va qirq maqol (toʻplam). – Toshkent: Fan, 1994.

9. Xoʻrlangan paygʻambarlar gʻalabasi. – Toshkent, 1998. - 96 b.

10. Temur tuzuklari / forsiydan tarjima. – Toshkent, 1999. - 210 b.

11. Proverbs, Maqollar. Poslovisы. – Toshkent, 2000. - 398 b. - ingl., oʻzb., rus. tillarida.

12. Oʻzbekiston. Islom obidalari. – Toshkent, 2002.- 263 b. – hammualliflikda.

13. Oʻzbekistonda moziy eʼtiqodlar tarixi / YUNESKO homiyligida. – Toshkent: JIDU, 2008. - 664 bet.

14. Drevnыe kultы Sredney Azii. – YUNESKO, 2017.