Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/UZLAT
UZLAT
[tahrir | manbasini tahrirlash]UZLAT (arab. — chekinish; kishilardan chetlashish; uzlat etish — yolgʻizlikni ixtiyor qilish) — xoli joy; tanholik; hech nimaga bogʻlanmaslik; dunyoning xilmaxil gʻavgolaridan forigʻlik. Muhammad (sav)ning Hiro togʻida oʻtkazgan Uzlat dagi hayoti sufiylar uchun ibrat va namuna boʻlgan. Tasavvufda Uzlat deyilganda shayx, pir, murshid rahnamoligida va uning koʻrsatmalariga binoan, muridning maxsus bir goʻshada berkinib, ibodat va zikr orqali Alloh b-n zohiran aloqa bogʻlashi tushuniladi. Kamida 40 kun davom qiladigan bu jarayonga «chilla oʻtirish» deyilgan. Tasavvufda hayotni batamom xilvatda oʻtkazish shartligi zinhor targʻib etilmagan. Tasavvufga koʻra, Uzlat hayotdan qochish, kundalik turmushdan ajralib yashash, odamlardan bezish emas, balki maʼlum muddat ruhiy kamolotga erishib, yana faoliyatni davom ettiriщdir.
Manbalar: