Foydalanuvchi:ELBEK2622/EPIGRAFIKA
EPIGRAFIKA
[tahrir | manbasini tahrirlash]Epigrafika (yun. epigrahe - bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va
boshqalardagi, asosan, qadimgi va o‘rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni to‘plash,
nashr etish va sharhlash bilann shug‘ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda
epigrafik yodgorliklar deb qadimgi bitiklar aytiladi. Uyg‘onish davrida, antik va
sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab
epinarfika faqat Italiya, Gretsiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimgi
yozuvlarni o‘rgangan (qadimgi Paleografiya). Qadimgi turkiy tillarga oid yozma
yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (qadimgi Urxun-Enisey yoeuvlari).
Tarixiy manbalar orasida epigrafik ma’lumotlar alohida o‘rin egallaydi. Ular
boshqa manbalarga nisbatan ko‘proq informativligi bilan ajralib turadi. Epigrafik
ma’lumotlar tarixiy manbashunoslik bilan aloqador tarixiy fan bo‘lib, epigrafik
ma’lumotlar eng aniq tarixiy manba sifatidagi ahamiyatlidir.[1]
- ↑ Z.M.QODIROV . " Arxeologiya" Toshkent-2021.