Foydalanuvchi:ELBEK2622/GERALDIKA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GERALDIKA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geraldika (gerbshunoslik, lotincha heraldus – glashatay) maxsus tarix fanlari

doirasiga kiradi. Gerblar va ularning tarixi bilan shug‘ullanadi. Emblematika fanining

tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatlar, siyosiy birlashmalar ramzlari tarixi bilan

shug‘ullanuvchi geraldika fani hamma joyda ham bir xil rivojlangan emas. Davlat

ramzlari yozma manbalar va rasmlarda saqlanib qolgan hududlarda to‘liqroq

yoritilgan. Geraldika arxeologik va numizmatik manbalar asosida juda sekin, uzoq

vaqt mobaynida to‘ldirib boriladi. Geraldika fani eng yaxshi rivojlangan hudud  

Yevropa mamlakatlari, jumladan Turkiya hisoblanadi. Ramzlarda ifodalangan

tasvirlar juda katta ma’nolarni anglatadi. U xalqning tarixi, dini, madaniyati, umumiy

psixologik qarashlari hamda orzularini ham ifodalaydi.Ifodalangan belgilarni tushunish va xalqqa yetkazib berish geraldika bo‘yicha

mutaxassislardan juda katta ensiklopedik bilimni talab qiladi. Masalan, Amir Temur

va Temuriylar bayrog‘idagi uchta aylana (doira) hozirgi kungacha ham

mutaxassislarning tortishuvlariga sabab bo‘lib kelayotgan mavzulardan biridir.