Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:ELBEK2622/GLIPTIKA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GLIPTIKA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gliptika – (yun. qlypho – kesaman) – qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o‘yish san’ati; amaliy bezak san’ati turi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o‘tagan.Mil.av. 4 ming yillikda Mesopotamiya, Qadimgi Misr, G‘arbiy Osiyoda vujudga kelgan, Yunoniston, Qadimgi Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gliptika tasvirlari (hayvon va qushlar, xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham kompoziyiyasi bilan ajralib turadi. Bu fan sohasini, ayniqsa qadimgi davrlar gliptikasini arxeologiya manbalar bilan ta’minlaydi.Janubiy O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklaridan gliptikaga oid juda ko‘plab manbalar topilgan. Ular muhrlarda, tumorlarda, sopol buyumlarda ifodalangan. Arxeologik manbalarda ifodalangan, gliptikaga oid manbalar qadimgi ajdodlarimizning dunyo, tabiat, insonlarning bir biriga bo‘lgan munosabatlar haqidaga falsafik, mifologik dunyoqarashlarini tiklashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilad[1]

  1. Z.M.QODIROV "Arxeologiy" Toshkent 2021.