Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:ELBEK2622/QIZIL QOSHLILAR QO'ZG'ALONI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QIZIL QOSHLILAR QO'ZG'ALONI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milodiy birinchi asr boshlarida Xitoyda qurg'oqchilik va chigirtka bosishi natijasida hosilsizlik sodir bo'lgan. Mamlakatda qimmatchilik, ochlik boshlangan, islohotlarrii amalga oshirish esa to'xtab qolgan. Bu hol Xitoyda  ommaviy norozilik harakatlari boshlanishiga sabab bo'lgan. Bunday qo'zgolonlaring biri 18-yili Shandunda boshlanib, unga Fan  Chun degan kishi rahbarlik qilgan. Qo'zg'olonga Van Man islohotidan norozi bo'lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo'shilganlar. Qo‘zg‘olon rahbarlari o'z odamlarini podsho askarlaridan  ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo'yatganlar. Shu tufavli bu  qo‘zg‘oloni “Qizil qoshlilar” qo'zg'oloni nomini olgan edi. 22- vili Van Man qo'zg‘olonchilar ustiga yuz ming kishilik qo‘shin  yuborgan. Hal qiluvchi jangda qo'zg'olonchilar podsho qo'shinlarini tormor etib, Xuanxe daryosining o'rta oqimidagi yerlarni  ishg'ol qilganlar.

Manba[1][tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ABDUJABBOR KABIROV "Qadimgi sharq tarixi" Toshkent 2016-yil. 'Tafakkur" nashri.