Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elbek.0205/Zirabuloq makoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zirabuloq makoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zirabuloq makoni.Bu makon Zarafshon vohasidagi eng mashxur Qo'tirbuloq makonidan so'nggi eng yirik mustye davri makonlaridan biri hisoblanadi.Zirabuloq makoni Zirabuloq tog'ining janubiy yonbag'rida Qo'tirbuloqdan 1 km sharqdagi Zirabuloq chashmasi atrofida joylshgan.Zirabuloq makonini kovlash natijasida 3 ta shurfning madaniy qatlamlaridan 350 dan ortiq chaqmoqtosh, kvarst, mayda zarrali slanes, diorit va daryo toshlaridan yasalgan nukleuslar sixcha qirg'ich qirg'ichcha kurakcha teshgich ikki xil tosh qurolni o'zida mujassam etgan sixcha o'roq randa kabi mehnat qurollari topildi. Zirabuloq makoni hali Qo'tirbuloq makoni singari to'liq o'rganilganicha yo'q.Lekin shunga qaramay topilgan tosh qurollar va buyumlarni har tomonlama o'rganish natijasida qurollarning asosiy qismi rivojlangan mustye davriga mansub bo'lib shurfning yuqori qismidan topilgan qurollar yuqori tosh asriga mansub ekanligi aniqlanadi.Makondan topilgan mehnat qurollari ko'p jihatdan va aynan Qo'tirbuloq qurollariga o'xshashligini hisobga olib Zirabuloqliklar Qo'tirbuloqliklar bilan zamondosh qo'shni to'da bo'lganlar deb xisoblash mumkin.

Zirabuloqdan yovvoyi hayvon suyaklari qoldiqlari chiqmagan bo'lsada lekin ular ham Qo'tirbuloqliklar singari bevosita ovchilik va termachilik bilan tirikchilik o'tkazganlar deagn fikrga kelish mumkin.

O'rta Osiyo Arxeologiyasi TOSHKENT 1990. J.Kabirov, A.Sagdullayev