Foydalanuvchi:Eldorbek1202/DABIR
Qiyofa
Dabir
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dabir (soʻgʻdcha) — mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Ilk oʻrta asrlardan boshlab manbalarda uchraydi. Katta va kichik maʼmuriy hudud hukmdorlarining mahkamasida kotib. Samarqandda Afrosiyob devoriy suratlari orasidagi soʻgʻdcha yozuvda kotiblar boshligʻi — dapirpat. Dabirlar chuqur bilimli yetuk odamlar boʻlishgan. Ular din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib uslubda yozishi va voqeani chiroyli soʻzlar bilan ifodalay bilishi lozim edi. Dabirning sifatlarini Nizomiy Aruziy Samarqandiy oʻzining «Chor maqola» («Toʻrt maqola») asarida batafsil bayon etgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar b-n yozishmalarining yuqori saviyada bitilishida Dabirning masʼuliyati ulkan boʻlgan.
Manbalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qomus.Info onlayn ensiklopediya.