Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Fashizimning mohiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fashizmning mohiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fashizm-bu, davlat boshqaruvining terrorchi totalitar shakli, hukmron doi- ralarning eng reaksion va agressiv kuchlari manfaatini ifodalovchi oqim. U dastlab Yevropada (Italiyada) vujudga kelgan. Fashizm atamasi "fashio" so'zidan olingan bo'lib, «to'da», «uyushma» degan ma'nolarni anglatadi. 1919-yilda Italiyada birinchi jahon urushining sobiq askarlari o'z manfaatlarini, haq-huquqini himoya qilish uchun kurashuvchi tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot «Fashi di kombatti- mento» («Kurash uyushmasi», «Quroldoshlar kurash uyushmasi») deb atalgan. Tashkilot a'zolari «fashistlar», harakat esa «fashizm nomini olgan, u turli joyda turli nom bilan, masalan, Germaniyada <natsistlar», deb atalgan.Fashizmning mohiyatini uning quyidagi belgilari yaqqol tasvir- lab beradi. Uning birinchi belgisini o'ta millatchilik tashkil etadi. Fashistlar uchun millat manfaati boshqa har qanday manfaatdan ustun turadi. Ular jamiyatni sinflarga bo'lmaydi. Xo'sh, nima uchun millatchilik Germaniya va Italiyada boshqa davlatlardagiga nisbatan kuchli boʻlgan edi? Ular birinchi jahon urushi oqibatlarini o'zlari uchun qattiq haqorat, milliy tuyg'uning mislsiz tahqirlanishi, deb qabul qilgan edilar. Nemis millati Versal shartnomasi shartlariga toqat qila olmayotgan edi.Italyan millati esa o'zini «g'oliblar ichidagi mag'lub», deb hisob- lardi. Chunki Antanta tarafida urushda ishtirok etgan g'olib Italiya urushda ko'zlagan maqsadlariga erisha olmagan edi.Germaniyada millatchilik irqchilik bilan qo'shilib ketgan edi. Natsistlar fikricha, butun insoniyat tarixi- bu, turli millatlar va irqlar kurashi tarixi edi. Bu kurashda faqat kuchlilargina g'olib chiqadi. Mag'lublar qismati yo o'lim, yo g'oliblarga bo'ysunishdir. Qudratli irq - bu nemis millatiga mansub boʻlgan oriy, nordik irqdir. Ularning tarixiy missiyasi butun dunyoga hukmron boʻlishdir.Fashizmning yana bir belgisi uning o'ta agressivligidir. O'ta millatchilik va irqchilik sharoitida shunday bo'lishi tabiiy edi. Fashizmga xos bo'lgan yana bir belgi davlat hokimiyati oldida sig'i- nish, unga sajda qilish edi. Fashizm uchun bu milliy ruhni mujas- samlashtiradigan qudrat, barqarorlik va tartibning kafolati edi.

Fashistlar - totalitar tartib, ya'ni jamiyat hayotining barcha sohalari toʻla davlat nazoratiga olingan tartib tarafdori edilar. Germaniya fashizmining ommaviy asosini Birinchi jahon urushida eng ko'p jabr ko'rgan tabaqalar - hunarmandlar, dehqonlar, urush faxriylari, ishsizlar, ertangi hayoti qanday bo'lishidan cho'chib qolgan ishchilar tashkil etdi. Yirik kapital esa fashizmni qo'llab-quvvatladi.

Manbalar:

M.Lafasov "Jahon tarixi" (1918-2012) Toshkent <<Turon-Iqbol>> 2016