Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Eldorbek1202/GʻAZNAVILAR DAVLATI

Vikipediya, erkin ensiklopediya

GʻAZNAVILAR DAVLATI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan.

Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994 — 995-y. larda Xurosonda boʻlib oʻtgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qoʻshin isyon koʻtargan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint oʻgʻli) va Foyiq qoʻshinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi.

Gʻaznavilar davlati d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-a. boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻaznavilar davlatining chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon sh. lari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan. da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Jan. Toxa-riston (hoz. Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hoz. Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan koraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024 — 25 y. larda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy) gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻaznavilar davlati Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030—41) Gʻaznavilar davlati oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.

11-a. oʻrtalaridan boshlab gʻaznaviylarning asosiy raqibi saljukiylar boʻldi.

Gʻaznavilar davlati tarkibidan 1-boʻlib Xorazm ajralib chiqdi. Gʻaznaviylarning xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning oʻgʻli Horun gʻaznaviylarga qarshi isyon koʻtardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan doʻstona aloqa oʻrnatib, Xorazmni gʻaz-naviylardan mustaqil deb eʼlon qilgan. Bu paytda qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasida Chagʻoniyon, Xuttalon, Termizni egallash uchun yana keskin kurash boshlangan.

Marv yaqinidagi Dandanakon jangi (1040-y. may)da Masʼud Gʻaznaviy qoʻshini saljuqiylardan yengilgach, gʻaznaviylar Xurosonni butunlay qoʻldan chiqarishdi. Magʻlubiyatga uchragan sulton Masʼud Gʻaznaviy Gʻaznaga qochgan va keyinchalik fitnachilar tomonidan oʻldirilgan (1041). Taxtga Masʼudning ukasi Muhammad oʻtirgan. Lekin Masʼudning oʻgʻli Mavdud (hukmronlik davri: 1041—48) amakisi muhammadning qoʻshinini yengib, uni oʻldirgan va taxtga oʻtirgan. Sulton Mavdudning Amudaryo yuqori qismidagi viloyatlarni qaytarib olishdagi saʼy-harakatlari natijasiz tugagan. Sulton Farruxzod (hukmronlik davri: 1053—59)ning harakatlari bir muncha samarali boʻlib, u ketma-ket ikki jangda saljuqiylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin keyinchalik Alp Arslon gʻaznaviylarni yengishga muvaffaq boʻldi. Ikki oʻrtada tuzilgan bitim (1059)ga muvofiq, gʻaz-naviylar Movarounnahr va Toxaristonga boʻlgan har qanday huquqlarini yoʻqotdilar. Ularning hududi Gʻazna viloyati va Shim. Hindistonning bir qismi (Panjob va b.) bilan cheklanib qoldi. Bu hudud ham 12-a. boshlaridan boshlab asta-sekin qisqarib bordi. 12-a. ning 60-y. larida Gʻuriylar davlati gʻaznaviylarni Shim. Hindistonga butunlay siqib chiqardilar, poytaxt Gʻaznadan Lahorga koʻchirildi (1161). Gʻuriylar davlati hukmdori Gʻiyosid-din Muhammad qoʻshini Lahorni bosib olgach, Gʻaznavilar davlati butunlay tugatildi (1186).

Davlatni boshqarish. Gʻaznavilar davlatida boshqaruv tizimi oʻzining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonlar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor faoliyati bilan bogʻliq xizmatlar va amallar kirgan. Gʻaznaviylar davrida hojiblik xizmatining oʻrni alohida eʼtiborga loyiq. Dargoh faoliyatida sipohdor (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning hujjatlarini yurituvchi), pardador (mahram; xufiya ishlarni bajaruvchi), martabador (saroydagi oʻrta amaldor), xazinachi, joma xona va farrosh kabi mansab va xizmatlarning oʻrni katta boʻlgan.

Devonlar ijroiya idoralari boʻlib, oʻsha davr manbalarida 5 ta devon nomi uchraydi. Ular vazir devoni (bosh vazir devoni); harbiy ishlar devoni; elchilik va b. rasmiy tadbirlarni yuri-tish devoni; moliya devoni; pochta-xa-bar devoni.

Viloyat boshligʻini voliy deganlar va uni oliy hukmdor tayinlagan. viloyatlardagi boshqaruv ishlarni amid olib borgan. Shahar boshligʻini rais deb ataganlar. Shahar miqyosida shih-na, kutvol (qalʼa komendanti), sohibi devon (maʼmuriy boshqaruvchi) kabi amaldorlar ham faoliyat koʻrsatganlar.

Gʻaznavilar davlati qudratli harbiy qoʻshinga ega edi. Oliy qoʻmondonlik hukmdorning ixtiyorida boʻlgan. Bosh qoʻmondon — sipohsolor esa sulolaning eng ishonchli vakili yoxud shu xonadon aʼzosi hisoblangan. Mas, Mahmud Gʻaznaviy sipohsolor mansabiga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan. Yuqori darajadagi harbiy lashkar-boshilar salor, oʻrta darajadagilari sarhang deyilgan. Harbiylar oʻz pochta-xabar va qozilik xizmatlariga ega boʻlgan. Gʻaznaviylar qoʻshinida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud edi.

Madaniyati. Gʻaznavilar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Mahmud Gʻaznaviy ona tilisi turkiydan tashqari fors, arab, hatto pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan va oʻzi sheʼrlar bitgan. Uning saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanʼatkorlar toʻplanib, faol ijod bilan shugʻullanishgan. Abu Rayhon Beruniy, shuningdek, Farruxiy, Unsuriy, Manuchehriy kabi shoirlar, Nosir Xusrav, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy shular jumlasidan boʻlib, Gʻaznada yashashgan. Beruniy oʻzining «Qonuni Masʼudiy» va Bayhaqiy oʻzining «Taʼrixi Masʼudiy» asarlarini Masʼud Gʻaznaviyga bagʻishlashgan. Firdavsiy mashhur «Shohno-ma» dostonini Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etgan. Biroq buyuk tabib Abu Ali ibn Sino Gʻaznaga — sulton saroyiga borishdan bosh tortgan. Shim. Hindistonni islomlashtirish va turklashtirish jarayoni aynan Gʻaznaviylar davridan boshlangan.

Gʻaznavilar davlatida qurilish va meʼmorchilikka ham katta eʼtibor qaratilgan. Gʻazna, Balx, Nishopur, Lohur va b. shaharlarda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar, saroylar va bogʻlar qurilgan, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan. Xususan, poytaxt Gʻazna sh. gullab-yashnagan.

Abu-l-fazl Bayxaki, istoriya Masʼuda (1039—41), T., 1962; 2nashri, T., 1969; B ye r u n i y , Hindiston (Tanlangan asarlar,2-j.), T., 1965; Beruniy, Qonuni Masʼudiy (Tanlangan asarlar, 1—2-kitoblar, T., 1973; 1976; Ad.: Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001; Erol Gungur, Tarixda turkiy davlatlar, T., 2003.