Foydalanuvchi:Eldorbek1202/LONDON
LONDON
[tahrir | manbasini tahrirlash]LONDON (London) Jek (taxallusi; asl ism sharifi Jon Griffit) (1876.12.1, San-Fransisko — 1916.22.11, Glen Ellen, San-Fransisko yaqinida) — amerika yozuvchisi. Yoshligida juda koʻp kasblar bilan shugʻullangan. 1893-yilda ilk bor u Yaponiya sohillariga dengiz safariga oddiy matros boʻlib borgan. 1894-yilda ishsizlarning Vashingtonga koʻchishida qatnashgan, daydilarcha hayot tarzi uchun qamoqqa olingan, siyosiy harakatlarga qoʻshilgan. 1895-yilda AQSH ishchi partiyasi, 1901-yil Sotsalistik partiyaga aʼzo boʻlgan. Keyinroq Kaliforniya unversutetiga oʻqishga kiradi va koʻp oʻtmay oʻqishni tashlab ketadi. Adabiy faoliyati 1893-yildan boshlangan. Yozuvchining koʻpgina hikoya toʻplamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzuida yozilgan («Boʻri bolasi», 1900; «Izgʻirin bolalari», 1902 va boshqalar). «Qor qizi» (1902), «Hayot uchquni» (1907), «Shimoliy Odisseya» (1910), «Insonga ishonch» (1914), «Qadim dengizchilardek» (1917), «Chandiqli odam» (1900), «Oltin dara» (1905) va boshqa sarguzasht asarlar muallifi. «Olis oʻlkada» (1899), «Ayol mardligi» (1900), «Gulxan yoqish» (1910), «Qish haqida qissa» (1904) asarlarida tabiat bilan uygʻunlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning oʻziga xos hayotini tasvirlagan. «Yovvoyi kuch» (1905), «Oqsoʻyloqtish» (1906) asarlari hayvonot olami haqida. «Dengiz boʻrisi» (1904) «Martin Iden» (1909), «Uch qalb» (1920) romanlari mashhur. Londonning ijodida G. Spenser, F. Nisshe falsafiy taʼlimotlarining taʼsiri seziladi. «Martin Iden» roman-biografiyasida bosh qahramonning paymonasi toʻlgan chogʻda ham «yashashga ishtiyoqi»ni aks ettirgan. Uning individualizm taʼsirida yozilgan mazkur romanida gʻarbcha «barkamol inson», yaʼni «supermen» nazariyasi ham ilgari surilgan.
London 16 yillik ijodiy faoliyati mobaynida 19 roman, 18 toʻplam (152 hikoya), 3 pyesa, 8 avtobiografik va publitsistik xarakterdagi kitob yaratgan. «Hayotga muhabbat» (1961), «Qish haqida» (1962), «Martin Iden» (1968) va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar: