Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Eldorbek1202/QURUQSOY

Vikipediya, erkin ensiklopediya

QURUQSOY — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uz. 46 km, havzasining mayd. 296 km2. Nurota tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, shim.-gʻarbdan jan.-sharq-qa tomon oqadi. Toʻsunsoyga quyiladi. Soy oʻzani shagʻal va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan, yer osti, shuningdek, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi toshadi (yillik oqimning 80% oqib oʻtadi). Quruqsoyga Qoratepa, Chormitan soylari kelib quyiladi. Suvi Payariq tumanining ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.

Qomus.info. onlayn ensklopediya.