Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Xalajiyon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xalajiyon - etnotoponim. Xalaj(ch)lar ma’nosida. Qadimgi  turkiy qabilalalardan biri. Amudaryoning yuqori, oʻrta va quyi  oqimlaridagi hududlarga, jumladan, Qashqadaryo, Buxoro vohalariga  tarqalgan. Tarixiy manbalarda turkman qabilalari qatorida tilga  olinadi. Mahmud Koshgʻariy, shuningdek, Abulgʻozixonning  yozishicha, xalach soʻzi “qol+ och, och+ qol” ma’nosini bildiradi.  Abulgʻozixon oʻz fikrini quyidagi ma’lumot bilan asoslaydi.  Oʻgʻuzxon yurishlari davrida qoʻshindan orqada qolib adashgan, och  qolgan askarlarni yigʻib kelish uchun maxsus kishilar harakat qilgan. Kunlarning birida qoʻshindan orqada qolib ketgan bir askarni  Oʻgʻuzxon huzuriga olib kelishadi. Ma’lum boʻlishicha, yegulikdan  qiynalish oqibatida u qoʻshindan orqada qolgan va shu paytda askar  homilador ayolining koʻzi yorib, farzand koʻrishgan. Ovqat  kamligidan ayolning suti chaqaloqni boqish uchun ozlik qilardi. Askarer qirgʻovul ovlab xotinini boqqan ekan.

Manbalar:

Halim To`rayev "Buxoro toponimikasi" Buxoro-2021