Foydalanuvchi:Eldorbek1202/Xunnlar davlati
Xunnlar davlatining tashkil topishi. M.av. IV asrda Markaziy Osiyoning shimolida xunn qabilalarining harbiy ittifoqi tashkil to- padi. Xunn qabilalarining bu harbiy ittifoqi asta-sekin kuchayadi. Mav. III asr oxirlariga kelib xunn qabilalarining harbiy birlashmasi asosida Xunn ko'chmanchilari davlati tashkil topadi. Xitoy tarixchisi Sim Syanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori Shanyu deb atalar edi. Xunn sardorlari - shanyulari qattiq intizomli, qilich, kamon, nayza, dubulg'a bilan qurollangan, tez harakat qiluvchi ot- liq qo'shinga ega bo`lgan. Ular quyun kabi o'z dushmanlari ustiga bostirib borib, ularni vahimaga solib qo`yganlar. Xunn sardorlaridan biri Maodun ichki dushmanlarini yenggach, dunxu qabilalari ustiga katta qo'shin bilan bostirib boradi. Shiddatli va ayovsiz jang oqibatida dunxular tor-mor etiladi. Maodun dun- xular hukmdorini o'ldirib, ko'p odamlarni asir olib, podalarini hay- dattirib ketadi. Mil. av. 203-202-yillarda Maodun qoʻshinlari Sayan. Oltoy va Enisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi joylarni bosib oladi. M.av. 200-yilda Xan podshosi Lyu Ban xunnlarning ustiga qo'shin tortadi. Maodun harbiy hiyla ishlatib, qo'shinlari bilan Bay- dan togʻlariga chekinadi. Lyu Ban esa bir guruh tezkor jangchilari bilan xunnlarni ta'qib qilib borib, asosiy qo'shinlaridan uzoqlashib ketadi. Xunnlar Lyu Ban qo'shinlarini qurshab olib, qirib tashlaydi. Lyu Ban asir tushadi. U juda ko'p mol-mulk va qizini Maodun- ga nikohlab berish sharti bilan asirlikdan ozod bo'ladi. Lyu Ban va'dasini bajarmay, qizini Maodunga yuborishni paysalga soladi. Maodun katta qo'shin bilan Xan chegaralaridan o'ta boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Lyu Ban katta mol-mulk bilan qizini xunnlar hukmdoriga uzatishga majbur bo'ladi. Shundan keyin ikki o'rtada tinchlik sulhi tuziladi. Sulhdan so'ng ikki davlat o'rtasidagi do'stlik 40-yil davom etgan.
Xunnlar davlatining kuchayishi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoy-Xunn urushlari va xunnlar davlatining zaiflashuvi. M. av. IV asrdan boshlab avval Sin podsholigi, keyin Xan podsho- liklari kuchayib, U Di davrida Xan podsholigi nihoyatda kuchayadi. M. av. 123-yili xitoy qoʻshinlari xunnlarni Xan saltanatining shimoliy chegaralaridan surib chiqaradi. M.av. 121-119-yillarda Xan qo'shin- lari Dunxuangacha bo'lgan yerlarni bosib oladi. Xunnlar esa xitoylar- ning g'arb tomon yurishlariga qarshilik Xunnlar davlatining kuchayishi. Xunnlar Maodun va uning vorisi Laoshin (m. av. 174-161-yillar) davrida yuyechjilar bilan 25 yil davomida urush olib boradilar. Urushda yuechjilar yengilib, ularning sardori halok boʻladi. Xunnlarning shanyusi Laoshin yuechji sardorining bosh chanog'ini kestirib olib, undan sharob kosa-qadah yasattirgan ekan. Urush xunnlarning g'alabasi bilan yakunlanadi. Yuyechjilar Pomir va Farg'ona orqali dastlab So'g'd. so'ng Baqtriyaga ko'chib ketishga majbur bo'ladilar.
Shundan keyin xunnlar Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylanadi. Xan podsholari xunnlardan qo'rqib, ular- ga ko'p miqdorda o'lpon va sovg'alar yuborib turgan. Xitoy bo- zorlari xunn savdogarlari uchun ochiq deb e'lon qilingan. M.av. II asrning birinchi yarmi xunnlar davlatining eng kuchaygan davri bo'lgan.
Xitoy-Xunn urushlari va xunnlar davlatining zaiflashuvi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoy-Xunn urushlari va xunnlar davlatining zaiflashuvi. M. av. IV asrdan boshlab avval Sin podsholigi, keyin Xan podsho- liklari kuchayib, U Di davrida Xan podsholigi nihoyatda kuchayadi. M. av. 123-yili xitoy qoʻshinlari xunnlarni Xan saltanatining shimoliy chegaralaridan surib chiqaradi. M.av. 121-119-yillarda Xan qo'shin- lari Dunxuangacha bo'lgan yerlarni bosib oladi. Xunnlar esa xitoylar- ning g'arb tomon yurishlariga qarshilik ko'rsatardi.
M.av. 119-yildagi boʻlgan jangdan keyin xitoy qo'shinlari xunn sardorining qarorgohini bosib oladi. Jangda 90 ming xunn askari va ko'p xitoy askari halok boʻladi.
M.av. 99-90-yillar orasida xunnlar bilan xitoylar oʻrtasida yana qattiq urushlar bo'lib o'tib, ko'pincha bu urushlarda xunnlar g'olib chiqadilar.
Xitoylar esa gʻarbda usunlar, sharqda uxuanlar va Shimolda Enisey bo'yi qabilalari bilan harbiy ittifoq tuzib, M. av. 71-yili xun- nlarga uch tomondan hujum boshlaydi. Bu jang ittifoqchilarning g'alabasi va xunnlarning ayanchli mag'lubiyati bilan tugagan. M. av. 71-yilgi mag'lubiyatdan so'ng Xunn davlati kuchsizlanib, m. av. 56-yili Shimoliy va Janubiy qismlarga bo'linib ketadi.
Xunnlarning g'arbga ko'chishlari.[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xunnlarning g'arbga ko'chishlari. Shanyu Xuxane boshliq anubiy xunnlar Xitoyga tobe bo'lib, ular bilan ellik yilcha tinch-to- uv yashaganlar. Chji-chji boshliq shimoliy xunnlar esa xitoylar bi- an chiqisha olmay g'arb tomon siljiganlar. Lekin xitoy qo'shinlari larni ta'qib qilib borib tor-mor etgan. Milodning I asrida xunnlar O'zlarini biroz tiklab olganlar. Ammo milodiy 87-93-yillarda xitoylar syanbi va dinlinlar bilan ittifoq boʻlib xunnlarni yana tor-mor keltirgan. Xunnlar esa Sirdaryoning quyi qismi va Orol dengizi- ning shimoliga borib joylashgan. Keyingi asrlar davomida xunnlar Shimoliy Qozog'iston orqali yurib, Itil va Don daryolaridan o'tib Shimoliy Kavkazdagi alanlarni oʻzlariga itoat ettirganlar. Xunnlar sardori Balamber 375-yili o'z qo'shinlari bilan Shimoliy Qora den- giz bo'ylarini egallagan. Shu yerda yashovchi gotlarning bir qismi Xunnlarga tobe boʻlgan va oʻzlarini osgotlar, ya'ni sharqiy gotlar deb atagan. Xunnlarga tobe bo'lmagan gotlar Frakiyaga borib joy- lashib, oʻzlarini vesgottlar-g'arbiy gotlar deb atagan. 394-395-yil- larda xunnlarning bir qismi Kichik Osiyo, Suriya va Kapadokiyaga bostirib kirgan.
Xunnlar g'arbga yurishni davom ettirib, Dunay daryosining yuqori qismidagi yerlarni bosib olganlar. Shu yerdan turib ular Sharqiy va G'arbiy Rim saltanatiga ham tahdid solib turgan. Xun- nlarning sardori Attila davrida (434-453) Markaziy Yevropa- ning juda ko'p qabilalari xunnlarga tobe boʻlgan. 451-yilda xun- nlar Galliyaga bostirib kirganlar. Ammo rimliklar, vesgottlar va franklarning birlashgan qoʻshinlari Katalaun yonidagi mashhur jangda xunnlarni yengib, ularni orqaga chekintirganlar. 453-yilda Attila vafot etgach, xunnlar davlati kuchsizlangan. Ularning 455- yili Pannoniyaga, 469-yili Bolqonga qilgan yurishlari ham mag'lu- biyat bilan tugagan.
Shundan keyin xunnlar ittifoqi tarqalib, davlat mutlaqo kuchsiz- langan. Xunnlar mahalliy aholiga qo'shilib ketgan. Shu tariqa 7-8 asr hukm surgan Xunnlar davlati V asr oxirlariga kelib barham top- gan.
Xunnlar ham oʻzlariga xos oddiy, ko'chmanchilarga xos soddagi- na madaniyat yaratganlar. Ammo ular Qadimgi Xitoy madaniyatidan keng foydalanganlar. G'arbga ko'chgan xunnlar madaniyatiga O'rta Osiyo xalqlari va Rim madaniyati ham kuchli ta'sir ko'rsatgan.
Adabiyotlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdujabor Kabirov " Qadimgi Sharq Tarixi " Toshkent -2015. " Taffakur" nashiryoti.