Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elshod3118/Toxariston yabg‘uligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilk o‘rta asrlarda Toxariston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk o‘rta asrlarda Toxaristono‘lkasi tarkibiga Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘idagi hududlar, xususan, hozirgi O‘zbekiston, Tojikistonning janubi hamda Afg‘onistonning shimoliy mintaqalari kirgan. Mazkur o‘lkaga 629-645 yillarda tashrif buyurgan xitoylik rohib Syuan Szanning sayohatnomasida keltirilishicha: “[Bu mamlakatning] shimol-janub tomoni chamasi ming li, sharq-g‘arb tomoni esa uch ming li uzunlikdadir. Sharqiy chegaralari Sun-lin (Pomir) tog‘igacha, g‘arbiy chegaralari esa Bo-la-si (Sosoniy) [mamlakatigacha] cho‘zilgan, janubi Buyuk Syu-shan (Hindikush) gacha, shimoli Te men (Temir Darvoza)gacha yetadi” . Ma’lumki, VII asrning birinchi choragiga kelib, Toxaristonmintaqasida turkiy etnoslarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faollashuvi kuzatiladi. Bu holat ushbu hududda G‘arbiy turk xoqonligi boshqaruvi o‘rnatilishi hamda To‘xoristonda turklar tomonidan yabg‘ulik boshqaruvi tashkil qilishi bilan izohlanadi. Xususan, 620/630 va 750 yillar oralig‘ida Toxaristonyabg‘uligi xukm surganligini yozma manbalar (xitoycha, arab, qadimgi uyg‘urcha va x.k.) va ko‘pgina arxeologik materiallar (tangalar, devoriy suratlar va x.k.) ham tasdiqlaydi. Ammo shunga qaramay, bevosita Toxaristonyabg‘uligi tarixi yuzasidan tadqiqotlar salmog‘i kamchilikni tashkil etganligi bois mazkur masalani yoritish dolzarb hisoblanadi. Toxariston Markaziy Osiyoning janubidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud xisoblangan. Ma’lumki, mazkur hudud V-VI asrlarda Eftaliylar va qisman Sosoniylar qo‘li ostida edi. VI asrning oxirgi choragiga kelib Turk xoqoni Istemi yabg‘uning o‘g‘li Tardu xoqon (576-603) To‘xoristondaning Balx va Qunduz viloyatlarini egallab, bu hududlarni idora qilish uchun tegin unvoniga ega bo‘lgan o‘g‘lini jo‘natadi. Biroz keyinroq, VII asrning birinchi choragida esa G‘arbiy Turk xoqoni To‘n yabg‘u-xoqon (618-630) Toxaristonmarkaziy boshqaruvini o‘g‘li Tardu shadning qo‘liga topshiradi. Shu davrdan e’tiboran to 750-yillarga qadar To‘xoristonda Yabg‘ulik boshqaruvi amal qilgan.

G‘arbiy Turk xoqonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘arbiy Turk xoqonligining Toxariston hududida yabg‘ulik boshqaruvi joriy etishining bir qator sabablari mavjud edi. Bu asosan, o‘lka Turk  xoqonligining janubi-g‘arbdagi eng chekka hududi ekanligi hamda uning chegaralarida doimiy tashqi dushmanlar xavfi, bir tomondan Sosoniylar, ikkinchi tomondan Eftaliylarning o‘z davlatini qayta tiklash uchun harakatlari mavjudligidan kelib chiqqan. Ikkinchidan, xoqonlik bu yerga strategik jihatdan alohida e’tibor qaratishga majbur edi. Chunki, Toxariston 27 ta mayda hukmdorlikdan iborat bo‘lganligi xoqonlik markaziy hokimiyati uchun bu o‘lkani boshqarishda qator murakkabliklarni keltirib chiqargan. Uchinchidan, xoqonlikning siyosiy boshqaruv markazi bu yerdan ancha uzoqda – Yettisuvda joylashgan edi. Shu bois, xoqonlik Toxaristonni tashkil etuvchi barcha mayda hukmdorliklarning boshini biriktirib, ularni itoatda tutib turadigan siyosiy uyushmani tashkil qilishga ehtiyoji mavjud edi. Yuqoridagi sabablarning barchasi G‘arbiy Turk xoqonligining tomonidan Toxaristonda yabg‘ulik boshqaruvi tashkil qilinishiga olib kelgan edi. Shuni ta’kidlash kerakki, adabiyotlarda turkiy sulolalarning va Toxariston Yabg‘uligining Toxaristondagi faoliyati biryoqlama yoritilgan. Ular go‘yoki Toxariston boshqaruviga mutlaqo aralashmagan, bu hududga tashqaridan bostirib kelgan bosqinchilar sifatida tasvirlangan. Lekin, manbalardagi ma’lumotlar va yangi tadqiqotlar bu fikrning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, Toxaristonyabg‘ulari sulolasining etnik kelib chiqishi Turk xoqonligining asoschisi sanalgan Ashinalarga borib taqalgani va xoqonlik mazkur hududda xos boshqaruv tizimini joriy qilganini ko‘rish mumkin. Yabg‘ulikdagi unvonlar ierarxiyasi ham xoqonlikdagi martabalar tizimi bilan deyarli o‘xshash edi. Masalan, To‘xoristonda yabg‘ushadtegin vohaning bosh hukmdorlari va ularning qarindoshlari unvoni sifatida, tuduntarxonerkin bo‘lsa nisbatan kichik va Toxaristonyabg‘ulariga bo‘ysunuvchi hukmdorliklar boshqaruvchilariga berilgan unvon sifatida uchraydi. Yana bir tomoni borki, Toxaristonhududida turklar boshqaruvi o‘rnatilishidan avval (VII asrdan oldin) mazkur hudud aholisining bir qismini turkiyzabon aholi tashkil etgan. Bunga misol qilib To‘xoristonda yashagan turkiy tilda so‘zlashgan xalachlarni keltirish mumkin. Toxaristonmoddiy madaniyatini o‘rgangan B.A. Litvinskiy va B.S. Solovevlar mazkur hududning ilk o‘rta asrlardagi tarixini uch bosqichga ajratadi va  uchinchi davrni “Toxariston– turk davri” deb atagan edi. Bu davr VI asr oxiridan to VIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Arxeologik topilmalar ham ilk o‘rta asrlarda To‘xoristonda turklar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, Kofirqal’adan topilgan nayza uchlarining ko‘rinishlari turkiylarning nayza uchlari tipiga o‘xshab ketadi. Shuningdek, qadimiy qalasi hozirga qadar saqlangan Qunduzda olib borilgan qazishmalar natijasida To‘xoristonning turkiy yabg‘ulari davriga oid arxeolog Ya. Xaskin tomonidan “qisiq ko‘zlilar” nomi berilgan xaykallar guruhi topilgan.  Eng diqqatga sazovor ma’lumotlar xitoy sayyohlarining sayohatnomalarida aks etgan ma’lumotlarda keltiriladi. 726 yilda Gandxaraga sayohat qilgan xitoylik rohib Xoy Chao Toxaristontarkibiga kirgan voha hukmdorliklaridan biri Xuttal haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “hukmdor tukyularning boshlang‘ich urug‘idan. Mahalliy aholi yuzta urug‘dan. Mamlakatning yarim aholisi xulardan, qolgan yarmi esa turklardan”. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqsak, o‘rta asrlarda To‘xoristonda turkiy etnik plast mavjud bo‘lgan.  Shu o‘rinda To‘xoristonda yabg‘ulikning tashkil topishi sanasiga masalasiga to‘xtalsak. IX asr birinchi yarmida tarjima qilingan Syuan Szan sayohatnomasining turkiy (uyg‘ur)cha nusxasida rohib Toxaristono‘lkasida Yabg‘u­xoqon (To‘n yabg‘u­xoqon)ning katta o‘g‘li bilan ko‘rishgani zikr etiladi va u rohibga o‘zini quyidagicha tanishtirgani toxrï yavγu … m[ä]n tip: öz ätöz-in/aγ/ïtu [?] sözlädi - “men To‘xor[iston] yabg‘usiman deya o‘z-o‘zini madh etib so‘zladi” haqida ma’lumot keltiriladi. Ta’kidlash lozimki‚ mazkur ma’lumot yabg‘ulikning tashkil topish sanasi masalasiga birmuncha oydinlik kirita olishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga asoslangan holda, Syuan Szanning To‘xoristonga tashrifi va Tardu shad bilan uchrashuvi taxminan 620 yoki 630 yillarga to‘g‘ri kelsa, mazkur hududda Ashinalarning bir tarmog‘i bo‘lgan Yabg‘ularning hukmronligi shu yillarda yoki undan oldinroq o‘rnatilgan deb xulosa qilish mumkin.

Toxariston yabg‘ularining siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toxariston yabg‘ularining siyosiy faoliyati Amudaryoning yuqori havzasida joylashgan ko‘plab vohalarda yoyilgan edi. Jumladan, xitoy ensiklopediyasi Se-fu-yuan-guy (“Imperator kutubxonasining boshlang‘ich toshbaqasi”)da To‘xoristonning turk yabg‘usi hukmronligi ostidagi voha davlatchalari sifatida Si-yuy (Zobuliston), Gi-bin (Kapisa-Gandxara), Gu-du (Xuttal), She-xan-na (Chag‘oniyon), Kie-su (Shuman), She-ni (Sig‘non), I-da (Eftaliy), Xu-mi (Vaxon), Xu-she-kien (Juzjon), Fan-yen (Bomiyon), Kie-yu-to-kien (Qubodiyon) va Pu-tu-shan (Badaxshon) nomlari keltiriladi. Yuqoridagi ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda shuni ta’kidlash joizki, xitoy manbasida keltirilgan quyidagi ma’lumot ham To‘xoristonning VIII asrlardagi siyosiy manzarasini tasvirlab beradi: “Toxaristonyabg‘usi [akamning] amri ostida turli davlatlar, xususan voliy va voliylardan tashkil topgan ikki yuz o‘n ikki raislik bir majlis bor. Si-yuy (Zobuliston) hukmdori ikki yuz ming suvoriy va askarlarga sarkardalik qiladi. Gu-du (Xuttal) hukmdori, She-xan-na (Chag‘oniyon) hukmdori, Kie-su (Shuman) hukmdori, She-ni (Sig‘non) hukmdori, I-da (Eftaliy) hukmdori, Xu-mi (Vaxon) hukmdori, Xu-she-kien (Juzjon) hukmdori, Fan-yen (Bomiyon) hukmdori, Kie-yu-to-kien (Qubodiyon) hukmdori va Pu-tu-shan (Badaxshon) hukmdori, bularning har birida ellik ming jangchi bor. Bobomdan va otamdan to hozirgi hukmdorlarga qadar [butun] [Toxaristonhukmdorlari] bu farqli o‘lkalarning hukmdorlari edilar”. Xullas, mazkur matn VIII asr boshlarida To‘xoristonning ma’muriy tuzilishi va siyosiy qudratini ko‘rsatuvchi ma’lumot sifatida juda muhimdir. Toxaristonyabg‘ulikning poytaxt qarorgohi (xit. Xo, arab. Varvalij) da joylashgan bo‘lib, bu haqda “Day Tan si yuy szi” (“Buyuk Tan [sulolasi hukmronligi davrida tuzilgan] G‘arb mamlakatlari haqidagi ma’lumotlar”)da quyidagicha ma’lumot keltiriladi: “Xo mamlakati qadimgi To‘xor mamlakatining tuproqlarida joylashgan. Maydoni ikki ming lidan ortiq kenglikda, poytaxti esa yigirma li kattalikdadir. Mamlakatda yo‘lboshchi yo‘q, turklarga bo‘ysunadi... Mamlakatning hukmdori turklardandir. [Hukmdor] Temir Qapig‘ning janubidagi butun kichik o‘lkalarni boshqaradi. Hukmdor hamma vaqt bir joyda turmaydi va aniq bir makoni yo‘q” Shuningdek, boshqa yozma manbalarda‚ xususan, buddaviy asarlarda ham Xo (Qunduz) mamlakatining hukmdori (Toxaristonyabg‘usi) turklardan bo‘lganligi va Temir Qapig‘ (Shahrisabzdan 90 km janubda Boysun tog‘ida joylashgan hozirgi Bo‘zg‘ola guzari)ning janubida joylashgan ko‘plab mamlakatlarni boshqarganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Shunisi e’tiborga loyiqki, yabg‘u-tegin-shad shaklidagi unvonlar ketma-ketligi Toxaristonyabg‘uligida ham amal qilgan. Xususan, arab manbalarida keltirilgan ma’lumotlar Toxaristonyabg‘uligi boshqaruvidagi ierarxiyani yaqqol ko‘rsatib beradi. Jumladan, Abu Ja’far at-Tabariyning “Tarix ar rasul va-l-muluk” (IX asr) asarida arab sarkardasi Qutayba ibn Muslimning hijriy 91(709) yili To‘xoristonga yurish qilib, Toxaristonyabg‘usi, quyi Toxaristonhokimi ash-Shazz (Shad), Xuttal hokimi as-Sabal (Ishbara) va Badg‘is hokimi Nizak Tarxonni o‘z huzuriga keltirgani haqida hikoya qilib, quyidagi tafsilotni bayon etadi: “ash-Shazz Qutaybaga dedi: “Jabg‘uya (Toxaristonyabg‘usi) garchi menga dushman bo‘lsa ham, yosh jihatdan ulug‘ va u malik, men esa uning quli barobaridaman. Uning oldiga borishga ruhsat ber”. U ruhsat berdi va ash-Shazz jabg‘uning oldiga borib, uning qo‘lini o‘pdi va yergacha ta’zim qildi... Keyin u (ash-Shazz) as-Sabal uchun ham ruxsat so‘radi. Qutaybaning izni bilan u (as-Sabal) uning (jabg‘u) oldiga bordi va qo‘lini o‘pdi. Va Nizak Qutaybaga dedi: “ash-Shazzning oldiga borishga ruxsat ber, chunki men uning quliman”. U (Qutayba) izn berdi va Nizak ash-Shazzning oldiga borib, uning qo‘lidan o‘pdi. Manbalarda Tun-yabg‘u xoqon haqida so‘z yuritilganda, u “G‘arbiy hududlarning barcha hukmdorlariga xielifa (eltabar) unvonini bergan va shuningdek boj va o‘lponlarni yig‘ish uchun bu hududlarning har biriga tutun (tudun) unvonli shaxslarni jo‘natgan”ligi haqida aytiladi. Xususan, xielifa (eltabar) unvoni Toxaristontarkibidagi Rub (Ruy/Afg‘oniston)ga oid baqtriy yozuvli hujjatlarda (639­682) ham mahalliy hukmdorlar unvoni sifatida o‘rin olgan. Qo‘shimcha qilib shuni aytib o‘tish kerakki, mazkur xielifa (eltabar) unvoni nafaqat turklardan chiqqan qabila sardorlariga, balki shu qatorda Transoksiana va Baqtriyada voha davlatchalarning hukmdorlariga ham berilgan. Ma’lumki, Turk xoqonligi unvonlar tizimiga xos bo‘lgan, xoqonning rafiqasiga berilgan xatun unvoni ham To‘xoristonda uchrashi e’tiborga loyiqdir. Xususan, musulmon manbalarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, VII asr o‘rtalarida arablar Toxaristonchegaralarigacha bostirib kelganda, uning tarkibidagi bir necha voha hukmdorliklarida hukmdorlar bilan birgalikda aynan malikalar ham hukmronlik qilardilar. Shuningdek, al-Mutahhar ibn Tohir al-Maqdisiyga ko‘ra, arab sarkardasi Ubayd Alloh ibn Ziyod 24 ming kishilik qo‘shin boshchiligida Marvdan To‘xoristonga bostirib kiradi. Shu davrda Amudaryoning o‘rta va yuqori oqimida joylashgan hududda Fatux-xotun ismli malikaning boshqaruvi mavjud bo‘lganligi va arablarga qarshi o‘z qo‘shinlarini yo‘naltirganligi haqida ma’lumot keltiriladi.   Shuningdek, voha hukmdorlari orasida 700­yillarda Xuttalni‚ 719 yilda esa Kumedni erkin unvonli hukmdorlar boshqarganiga doir ma’lumotlar xitoy yilnomalarida o‘rin olgan. Xususan, Xuttalda si­gin (erkin) unvonli ash­Shabal (Ishbara; 699­727), Kumedda 742­745 yillari I­si­lan si­gin (Arslon?­erkin) bunga misol bo‘la oladi. Ma’lumki, Balx‚ Termiz‚ Xuttal‚ Badg‘is va boshqa vohalarda tarxon unvonli amaldorlarning nomlari ham uchraydi, mazkur unvonga sazovor  amaldorlarning vazifasi asosan qo‘shinga rahbarlik qilishdan iborat bo‘lgan. Shuningdek‚ tarxonlar diplomatik ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni ham bajargan va xalqaro aloqalarda elchi sifatida ishtirok etgan. Masalan, kayyuan erasining 26 yilida (738 y.) Toxaristonyabg‘uligi birinchi marta yuqori darajadagi davlat amaldori I-nan-chu tarxonni imperator saroyiga hadyalar bilan jo‘natadi. Ayniqsa‚ VIII asrning birinchi choragida To‘xoristondagi hukmdorliklardan Xitoyga yuborilgan o‘nlab elchilarning ushbu unvon bilan tilga olinishi bu fikrni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, Shuman va Vaxondagi shad unvonli hukmdorlar nomi ham uchraydiki, ehtimol ular eroniy shoh unvoni bilan aloqali bo‘lishi mumkin. Xususan‚ aynan shu davrlarda Toxaristonyabg‘uligining bir qator hukmdorliklarda shoh unvoni ishlatilgan bo‘lib, Termiz­shoh‚ Xuttalon­shoh shular jumlasidandir. Toxaristontarkibiga kirgan ba’zi mayda hukmdorliklar xoqonlikdagi nufuzli tardush (Kumedda), Xisu turklari (o‘g‘uzlar bo‘lishi mumkinligi haqida qarashlar mavjud; Shuman va Axarunda), qarluq, xalach kabi nufuzli turkiy urug‘lar tomonidan boshqarilgan. Xulosa qiladigan bo‘lsak, kelib chiqishi turklarning Ashina urug‘iga borib taqalgan Toxaristonyabg‘uligi tarixining turli jihatlari to‘g‘risida tadqiqotlar olib borish dolzarbdir. Chunki ilk o‘rta asrlar o‘zbek davlatchiligi tarixida ushbu yabg‘ulikning alohida o‘rni bor.

F.Djumaniyazova.TDShU. Ilk o‘rta asrlarda Toxaristonyabg‘uligi: umumiy ta’rif.«Meros» jurnaliga nashrga topshirilgan