Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elshod3118/Toxariston yabguligi:

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilk o‘rta asrlarda Toxariston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk o‘rta asrlarda Toxaristono‘lkasi tarkibiga Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘idagi hududlar, xususan, hozirgi O‘zbekiston, Tojikistonning janubi hamda Afg‘onistonning shimoliy mintaqalari kirgan. Mazkur o‘lkaga 629-645 yillarda tashrif buyurgan xitoylik rohib Syuan Szanning sayohatnomasida keltirilishicha: “[Bu mamlakatning] shimol-janub tomoni chamasi ming li, sharq-g‘arb tomoni esa uch ming li uzunlikdadir. Sharqiy chegaralari Sun-lin (Pomir) tog‘igacha, g‘arbiy chegaralari esa Bo-la-si (Sosoniy) [mamlakatigacha] cho‘zilgan, janubi Buyuk Syu-shan (Hindikush) gacha, shimoli Te men (Temir Darvoza)gacha yetadi” . Ma’lumki, VII asrning birinchi choragiga kelib, Toxaristonmintaqasida turkiy etnoslarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faollashuvi kuzatiladi. Bu holat ushbu hududda G‘arbiy turk xoqonligi boshqaruvi o‘rnatilishi hamda To‘xoristonda turklar tomonidan yabg‘ulik boshqaruvi tashkil qilishi bilan izohlanadi. Xususan, 620/630 va 750 yillar oralig‘ida Toxaristonyabg‘uligi xukm surganligini yozma manbalar (xitoycha, arab, qadimgi uyg‘urcha va x.k.) va ko‘pgina arxeologik materiallar (tangalar, devoriy suratlar va x.k.) ham tasdiqlaydi. Ammo shunga qaramay, bevosita Toxaristonyabg‘uligi tarixi yuzasidan tadqiqotlar salmog‘i kamchilikni tashkil etganligi bois mazkur masalani yoritish dolzarb hisoblanadi. Toxariston Markaziy Osiyoning janubidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud xisoblangan. Ma’lumki, mazkur hudud V-VI asrlarda Eftaliylar va qisman Sosoniylar qo‘li ostida edi. VI asrning oxirgi choragiga kelib Turk xoqoni Istemi yabg‘uning o‘g‘li Tardu xoqon (576-603) To‘xoristondaning Balx va Qunduz viloyatlarini egallab, bu hududlarni idora qilish uchun tegin unvoniga ega bo‘lgan o‘g‘lini jo‘natadi. Biroz keyinroq, VII asrning birinchi choragida esa G‘arbiy Turk xoqoni To‘n yabg‘u-xoqon (618-630) Toxaristonmarkaziy boshqaruvini o‘g‘li Tardu shadning qo‘liga topshiradi. Shu davrdan e’tiboran to 750-yillarga qadar To‘xoristonda Yabg‘ulik boshqaruvi amal qilgan.