Foydalanuvchi:G'aniyeva Mubinaxon/qumloq
Axloqiy ingliz ertaklari.
Issiq kunlarning birida chumoli suvsab suv qidirdi va u bir buloq oldiga keldi. Buloqqa yetib borishi uchun u o’t tig’iga ko’tarilishi kerak edi. U yuqoriga ko’tarilayotganida sirg’alib, suvga tushib ketdi.
Agar yaqin atrofdagi daraxt ustidagi kabutar uni ko’rmaganida, u cho’kib ketishi mumkin edi.
Chumolini cho’kayotganini ko’rgan kabutar tezda bargni uzib, chumolini yonidagi suvga tashladi. Chumoli barg tomon yurdi va uning ustiga chiqib oldi. Brag qirg’oqda to’xtadi va chumoli sakrab tushdi. U nihoyat quruqlikda edi.
Bir payt ovchi kaptarni tuzoqqa ilintirish ilinjida to’rni tashlamoqchi bo’lganida, chumoli uning nima qilmoqchiligini taxmin qilib, kabutarning tovonidan tishlab oldi. Kabutar tezda xavfsiz joyga uchub ketdi.
Yaxshilik, albatta, javobsiz qolmaydi.
Tarjimon: G'aniyeva Mubinaxon.