Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:GaybullayevaXurshida/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 –yil 13 -apreldagi qarori bilan “Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Is'hoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida To‘raqo‘rg‘on tumanida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va Is’hoqxon Ibrat xotirasini abadiylashtirish maqsadida memorial majmua bunyod etildi.G‘oyibnazar qozi madrasasi me’moriy yodgorlik binosi rekonstruksiya qilinib, Ibrat muzeyi tashkil etildi. Xalq amaliy san’ati va badiiy xunarmandchilik markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Muzey haqida qisqacha ma’lumot. Muzey joylashgan bino 1860-yil G‘oyibnazar qozi farmoni bilan toliblar ilm olishi uchun mo‘ljallangan madrasa sifatida  Mulla Qirg‘iz ibn Ibrohim tomonidan qurilgan. Ibrat xuddi shu yerda qozi lavozimida o‘z faoliyatini yuritgan.Bino ta’mirlanib muzey ekspozisiyasi uchun ixtisoslashtirilgan. Bino isitish tizimi, kondisionerlar va xavfsizlik video kuzatuv tizimi bilan ta’minlangan.

Muzey ekspozisiyasi media ma’lumot beruvchi zamonaviy infokiosklar va televizorlar bilan jihozlangan.

Muzey ekspozisiyasi bo‘limlari

Is’hoqxon To‘ra Ibrat muzeyi

1. Is’hoqxon To‘ra Ibrat hayoti va shaxsiy buyumlari

2. Is’hoqxon To‘ra Ibrat ilmiy salohiyati

3. Is’hoqxon To‘ra Ibrat ijod xonasi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi

https://namsifl.uz/sahifa.php?sahifa=173&tur=1&tartib=21

https://m.facebook.com/ibratmuseum