Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulshoda Safarova/Koreferentlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Tilshunoslikda koreferent ( ing. corefence yoki co-reference) ikkidan ortiq so'zlar bir shaxs yoki narsaga ishora qilganda yuzaga keladigan hodisadir; Ular bir xil referentga ega bo'ladi. Misol uchun, Billga Elis tez orada kelishini aytdi va u shunday qildi, ushbu gapdagi "Elis" va "u" bir shaxsga ishora qilgan[1].

Koreferentlikning ko'pincha aniqlashi murakkab bo'ladi. Misol uchun, Bill said he would come, ushbu jumlada "he" olmoshi Billga ishora qilishi ham qilmasligi ham mumkin. Qaysi so'zlar asosiy ma'no ifoda etishini aniqlash ma'noni tahlil qilish yoki tushunishning muhim qismidir va bu ko'pincha kontekstdan ma'lumotni, real dunyo bilimlarini, misol uchun, ba'zi nomlarning muayyan turlari ("Rover"), artefakt turlari ("Titanik"), grammatik jinslar yoki boshqa xususiyatlar bilan bog'lanish tendentsiyalarini talab qiladi.

Tilshunos olimlar ko'pincha asosiy ma'lumotni qayd qilish uchun indekslardan foydalanadilar (Billi said hei would come) . Bunday iboralar koindekslangan deb aytiladi, bu ularni asosiy referensial sifatida talqin qilish kerakligini ko'rsatadi.

Agar ifodalar koreferensial bo'lsa, birinchi bo'lib to'liq yoki tavsiflovchi shakl (masalan, to'liq shaxsiy ism, ehtimoliy unvoni va roli bilan), keyinroq sodir bo'lganda esa qisqaroq shakllardan foydalaniladi (masalan, faqat ma'lum bir ism, familiya, yoki olmosh). Oldingi hodisa antisedent , ikkinchisi esa proforma, anafor yoki referent deb ataladi. Ammo, olmoshlar ba'zan oldingi qismda bo'lib, o'zidan keyingi shaxs, harakat yoki narsaga ishora qilishi mumkin, masalan, "U uyga kelganida, Elis uxlab qoldi" ("When she arrived home, Alice went to sleep"). Bunday hollarda koreferent anaforik emas, balki kataforik deb ataladi.

Koreferentlik sintaksis sohasidagi hodisalarni bog'lash uchun asosiy ahamiyatga ega hodisalardan biridir. Bog'lanish nazariyasi jumlalar va matnlardagi asosiy ifodalar o'rtasida mavjud bo'lgan sintaktik munosabatni o'rganadi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreferentlikning turlari ko'rib chiqilganda, ular orasidagi farqlarning guvohi bo'lishimiz mumkin. Misol uchun, anafora, katafora, antisedentlarning bo'linishi, o'zaro bog'liq ot iboralar va boshqalar[2].

Anafora
a. The musici was so loud that iti couldn't be enjoyed
( Musiqai shunchalik baland ediki, undani zavqlana olmadim). – Anafora o‘zi nazarda tutgan iboraga (uning oldingi gapiga) ergashadi.
b. Our neighborsi dislike the music. If theyi are angry, the cops will show up soon
(Bizning qo'shnilarimizi musiqani yoqtirmaydi. Agar ulari g'azablansa, politsiyachilar tez orada paydo bo'ladi). – Anafora "ular" "bizning qoshnilarimiz"ga ishora qiladi.
Katafora
a. If theyi are angry about the music, the neighborsi will call the cops
(Agar ulari musiqadan g'azablansa, qo'shnilarimi politsiyani chaqiradi). – Katafora ular tegishli iboradan oldin keladi (uning potsedenti).
b. Despite heri difficulty, Wilmai came to understand the point.
Uningi qiyinchiliklariga qaramay, Vilmai gapni tushunib yetdi. - Katafora o'zi nazarda tutilgan iboradan oldin keladi ("uning" olmoshi Vilma shaxs otining postsedenti)
Antisedentlarning bo'linishi
a. Caroli told Bobi to attend the party. Theyi arrived together.
(Keroli Bobgai ziyofatda qatnashishimni aytdim. Ulari birga kelishdi. - "they" olmoshi bu yerda Karol va Bobga ishora qilyapti)
b. When Caroli helps Bobi and Bobi helps Caroli, theyi can accomplish any task
(Kerol i Bobga i va Bob i Kerolga i yordam berganida, ulari har qanday vazifani uddalay olishadi). Ularning anaforasi Kerol va Bobga ishora qiluvchi bo'linish antisedentiga ega.
Tegishli ot so'z birikmalari
b.Some of our colleagues1 are going to be supportive. These kinds of people1 will earn our gratitude
( Ba'zi hamkasblarimiz 1 qo'llab-quvvatlamoqchi. Bunday odamlar 1 bizning minnatdorchiligimizga sazovor bo'ladi). - O'zaro bog'liq ot iboralar, bunda ikkinchi ot iborasi birinchisiga nisbatan predikatsiya hisoblanadi.

Bog'langan o'zgaruvchilarga munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Semiologlar va mantiqchilar ba'zan koreferentlik va bog'langan o'zgaruvchilar o'rtasidagi farqni ajratib ko'rsatishadi[3]. Bog'langan o'zgaruvchilar proformaning oldingi qismida noaniq miqdoriy ifoda bo'lganda paydo bo'ladi. Masalan[4] 

  1. Every studenti has received hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchiga misol bo'ladi
  2. No studenti was upset with hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchiga misol bo'ladi

Every student va no student kabi miqdoriy ifodalar havola hisoblanmaydi. Bu iboralar grammatik jihatdan bitta, lekin nutq yoki haqiqiy hayotda bitta referentni tanlamaydi. Shuning uchun, bu misollardagi his olmoshi oldingi gaplari to'g'ri havola emas, aksincha bu olmosh oldingi gapdagi bilan bog'langan o'zgaruvchi hisoblanadi. Uning havolasi diskurs va nutq vaziyatiga qarab qaysi biri haqida gap ketganligiga qarab o'zgaradi. Bog'langan o'zgaruvchilarning mavjudligi quyidagi misolda aniqroq bo'lishi mumkin:

  1. Only Jacki likes hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchi.

Bu jumla noaniq tuzilishga ega. Unda Jek o'z bahosini yoqtirishi ifodalangan, lekin ushbu jumlada boshqalar Jekning bahosini yoqtirmaydi yoki Jekdan boshqa hech kim o'z bahosini yoqtirmaydi degan ma'no ham tushuniladi. Birinchi ma'noda, her (uning) olmoshi asosiy; ikkinchisida esa u bog'langan o'zgaruvchidir, chunki uning havolasi barcha o'quvchilar to'plamida o'zgaradi.

Koindeks belgisi odatda ikkala holatda ham qo'llaniladi. Aniqroq qilib aytganda, agar ikki yoki undan ortiq iboralar indekslangan bo'lsa, u asosiy yoki bog'langan o'zgaruvchiga (yoki oxirgi misolda bo'lgani kabi, bu talqinga bog'liq) ishtirokini anglatmaydi.

Koreferent rezolyutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompyuter lingvistikasida koreferent rezolyutsiyasi diskursdagi yaxshi o'rganilgan muammoli vaziyatlardan biri hisoblanadi. Matndagi asosiy ma'noni yuzaga chiqarish yoki hatto gapdagi egalarning, olmoshlarning va boshqa ishora qiluvchi iboralarning bog'liqligining muhmligini to'g'ri shaxslar bilan bog'lanishi kerak. Asosiy referentlarni hal qilish uchun mo'ljallangan algoritmlar odatda birinchi navbatda havola etuvchi ifodaga mos keladigan eng gapdagi dastlabki shaxsni qidiradi. Masalan, she olmoshi ayol kishini yoki uni ifodalovchi shaxs otlariga ishora qilishi mumkin, lekin Billga nisbatan emas. O'zlik olmoshlari ham ancha qattiqroq cheklovlarga ega. Ko'pgina lingvistik vazifalarda bo'lgani kabi, aniqlik va eslab qolish o'rtasida muvozanat mavjud. Klaster sifati ko'rsatkichlari ko'pincha asosiy referensiyani aniqlash algoritmlarini baholash uchun Rand indeksi, sozlangan Rand indeksi va turli o'zaro ma'lumotlarga asoslangan usullarni o'z ichiga oladi.

Ingliz tilida ko'p qo'llanuvchi it olmoshi koreferent rezolyutsiyasi uchun alohida ma'no kasb etuvchi muammoli vaziyatlardan biridir. Ingliz tilida he va she olmoshlari bilan bir xil ma'no ifodalashiga qaramasdan u jonsiz predmetlarga ishora qiladi. Bundan tashqari, u narsalarga emas, balki jarayonlarni ham ifodalashi mumkin, masalan , he was paid minimum wage, but didn't seem to mind it. Bu yerda it olmoshi birinchi gapdagi vaziyatga ishora qilyapti. It olmoshidan aniq bir narsaga ishora qilmaydigan pleonastik foydalanish ham mumkin:

  1. It's raining.
  2. It's really a shame.
  3. It takes a lot of work to succeed.
  4. Sometimes it's the loudest who have the most influence.

Pleonastik foydalanish ishoraviy belgi hisoblanmaydi va shuning uchun asosiy referentning bir qismi emas[5].


  [[Turkum:Sintaksis]] [[Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari]] [[Turkum:Tilshunoslik]]

  1. For definitions of coreference, see for instance Crystal (1997:94) and Radford (2004:332).
  2. These distinctions (anaphora, cataphora, split antecedents, coreferring noun phrases, etc.) are discussed in Jurafsky and Martin (2000:669ff).
  3. For discussions of bound variables, see for instance Portner (2005:102ff.).
  4. See Jurafsky and Martin (2000:701) for an example of a bound variable like the ones given here.
  5. Li et al. (2009) have demonstrated high accuracy in sorting out pleonastic it, and this success promises to improve the accuracy of coreference resolution overall.