Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Gulshoda Safarova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Endofora bu matn ichida bir-biriga ishora qiluvchi matn boʻlaklari orqali hosil boʻluvchi tilshunoslikka bogʻliq hodisa[1]. Bu atama "ichkarida" maʼnosini bildiruvchi „endo-“ va „koʻtarmoq“ maʼnosini bildiruvchi „-for“ soʻzlaridan tuzilgan[2].

Masalan, "I saw Sally yesterday. She was lying on the beach" (Men kecha Sallini koʻrdim. U sohilda yotgan edi) jumlalarida "she" (u) endoforik iboradir, chunki u matnning dastlabki qismida tilga olingan shaxsga, yaʼni "Sally"ga ishora qilmoqda.

Endoforik munosabatlar koʻpincha ishora qiluvchi ibora sifatida tilga olinadi[3]. Qarama-qarshi ravishda, gap faqat "She was lying on the beach, „ (U sohilda yotgan edi) koʻrinishida keltirilsa, u ekzoforik ifodalash koʻrinishi hisoblanadi. “She" (u) olmoshi matnda mavjud boʻlmagan shaxsni anglatadi, shuning uchun "she" (u) kimga tegishli ekanligini mustaqil ravishda aniqlab boʻlmaydi, chunki matn ichida yetarli maʼlumot yoʻq. Bu koʻrinishdagi gaplarda olmosh kimga ishora qilganini bilish uchun soʻzlovchi va tinglovchiga oldindan maʼlum boʻlgan shaxs ifodalanishi zarur. Qisqa qilib aytganda, ekzoforik ishorani matnda aniqlash uchun tinglovchida avvaldan qoʻshimcha maʼlumot boʻlishi kerak, aks holda uni kimga qarata ishora qilganligini aniqlab boʻlmaydi.

Endoforaning uch koʻrinishi mavjud: katafora, anafora va oʻz-oʻziga havola .

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Deyksis – Soʻzlarning maʼnosini tushunish uchun kontekst talab etiladi.
  • Umumiy antisedent – umumiy olmosh kishilar yoki narsalar guruhini ifodalaydi. Bunday holatda ularning jinsi ham nomaʼlum boʻladi.
  • Homofora – Hech qanday ishoraviy belgilarsiz ham oddiy taʼrif orqali tushuniluvchi referent.
  • Metafora – Maʼno koʻchish turi boʻlib, taqqoslash yordamida narsa yoki shaxsni taʼriflash.
  • Metonimiya – Maʼno koʻchish turi boʻlib, bunda assotsiativ murojaat shaklidan foydalaniladi.
  • Sinekdoxa – Maʼno koʻchish turi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gillon, Brendan. Grammatical Structure and its Interpretation: An Introduction to natural Language Semantics. MIT Press — Chapter 4 bet. 1-iyun 2024-yilda qaraldi. 
  2. „Endophoric reference“. Study Smarter. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.
  3. Sharon, Baker „Endophora (anaphora and cataphora)“. Scribd. Qaraldi: 1-iyun 2024-yil.