Foydalanuvchi:Hasan Tohirov
Trakya universiteti Edirne shahrida joylashgan davlat universiteti bulib, 1982 yil 20 iyulda tashkil etilgan. Trakya universitetida 13 fakultet, 4 institut, 5 kollej, 10 kasb-hunar maktabi, 1 konservatoriya va amaliy va tadqiqot markazlari mavjud[1]. Universitetda 2017 yil holatiga taxminan 47 ming talaba tahsil oladi. Trakya universiteti Turkiyaning Bolqon davlatlari bilan aloqalarini rivojlantirishda mintaqaviy universitet rolini oʻz zimmasiga oldi. Universitetning tibbiyot, biologiya, muhandislik va tarix boʻlimlari yuqori standartlarga ega.
Muzeylar
Oʻsimlik va hayvon turlari koʻrgazmaga qoʻyilgan Trakya Universiteti Tabiiy tarix muzeyi[2] 2023 yil yanvar oyida tashrif buyuruvchilarga ochildi. Muzey Karaağach kampusida joylashgan. Muzeyda Trakya Universiteti Fanlar fakulteti Biologiya boʻlimi professor-oʻqituvchilari tomonidan 40 yil davomida toʻplangan oʻsimlik va hayvon namunalari namoyish etilmoqda.
Akademik birliklar
Institutlar
- Fan va texnologiya instituti
- Sogʻliqni saqlash fanlari instituti
- Ijtimoiy fanlar instituti
- Bolqon tadqiqotlari instituti
Fakultetlar
- Tibbiyot maktabi
- Fanlar fakulteti
- Muhandislik fakulteti
- Arxitektura fakulteti
- Taʼlim fakulteti
- Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar fakulteti
- Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
- Tasviriy sanʼat fakulteti
- Adabiyot fakulteti
- Farmatsiya fakulteti
- Stomatologiya fakulteti
- Ilohiyot fakulteti
- Amaliy fanlar fakulteti
Manbalarlar
- ↑ „Trakya Üniversitesi Rektörlüğü“. web.archive.org. Qaraldi: 7 iyul 2022.
- ↑ „Trakya Üniversitesi Doğa Tarihi Müzesi | T. C. Trakya Üniversitesi“. dogamuzesi.trakya.edu.tr. Qaraldi: 7 nisan 2023.