Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Hasanjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1- §. Fransiya - Prussiya urushi va uning yakunlari Fransiya - Prussiyaurushi arafasida ikkala mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli Urushning sabablari XIX asrnine 50-60- yillarida Fransiya yirik kapital hukmronlik qilib, davlat tepasida Napoleon III o'tirardi. U 1851- yil 2- dekabrda o'tkazil- gan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga chiqib olgandi. 1852-yilda Napoleon III o'zini imperator deb e'lon qildi. Ikkinchi imperiya deb atalgan bu davrda Fransiyada ishlab chiqarish tez rivojlandi. Sanoatda o'zgarishlar tugallanib, temir yo'l tarmoqlari ko'payib bordi. Katta-katta zavod va fabrikalar qurildi. 60- yillarning ikkinchi yarmida Napoleon III ning mavqei-ga putur yetdi. Fransuz burjuaziyasi uning tashqi siyosat sohasi-dagi muvaffaqiyatsizliklarini, xususan Prussiyaning Germa-niyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmaganligini kechira olmadi. 1860- yilda tuzilgan Angliya - Fransiya savdo shart-nomasidan ham norozilik mavjud edi. Chunki shartnomaga ko'ra, Fransiyaga ingliz tovarlarining kiritilishi, fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirgan edi. Napoleon III hukumatidan norozilik oddiy xalq orasida ham kuchaygan edi. Bunga ishsizlik, qashshoqlik, oziq-ovqat mah-sulotlari narxining to'xtovsiz oshib borishi sabab bo'lmoqda edi. 1869- yilda Luara havzasining shaxtyorlari ish tashladilar. 1870-'o yil yanvarida Parijda bo'lib o'tgan 200000 kishilik namoyish dahshatli tus oldi. Napoleon III hukumati mamlakatda norozilik kuchaya-yotganligini, o'z obro'-e'tiborining tushib borayotganligini nazarda tutib, Prussiyaga qarshi urash e'lon qildi. U shu yo'l bilan mamlakatdagi ahvolni o'nglab olishga qaror qildi. Hukumat Prussiyani tor-mor qilishni, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslikni, Reynning g'arbidagi nemis yerlarini bosib olishni va shu bilan o'z obro'-e'tiborini tiklashni o'ylardi. Bismark Germaniyasi ham bir necha yillardan buyon Fran-siyaga qarshi umshga tayyorlanib kehnoqda edi. Bismarkning maqsadi Germaniyada Pmssiyaning hukmronligini mustah-kamlashga to'siq bo'lgan Fransiyani yengish, demokratik harakat-larni bostirish edi. 60- yillaming oxirida Prussiya Janubiy German davlatlarini o'z tomoniga og'dirib olishga, Avstriya-Vengriyani va chor Rossiyasini betaraf qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Shunday qilib, har ikki tomon - Fransiya ham, Prussiya ham urushga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda edi. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi Fransiya va Prussiya hukumatlari o'r-tasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish masalasida janjal chiqdi. Muzokaralar davomida Bismark Prussiya qiroli xatiga o'zgartirishlar kiritib, Fransiya hukumatini atay-lab haqorat qildi (Bu tarixda "Ems depeshasi" deyiladi). Uning maqsadi shunday ig'vo bilan Fransiyani urush boshlashga majbur qilish edi. Bismark muddaosiga erishdi. 1870- yil 19- iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. Bismark urushni shunday ustalik bilan boshlab yubordiki, german xalqi nazarida Fransiya hujum qilgan davlat bo'lib qoldi. Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi dastlabki kunlarda nemislar uchun milliy-ozodlik urushi edi. Fransiya hukumati urush boshlaganida o'z kuchlarini yetarli hisobga olmagan edi. Armiyada yagona rahbarlik yo'q edi. Qo'shin kerakli harbiy anjomlar bilan ta'minlanmagan, hatto urush harakatlarining xaritalari ham yetishmas edi. Urushning birinchi kunlaridanoq Prussiya armiyasining ustunligi ma'lum bo'ldi. Prusslar o'z qo'shinlarini fransuz-larga qaraganda tezroq safarbar qilib, chegaraga oldinroq keltirib qo'ygandilar. Fransuz qo'shinlari mag'lubiyatga uchray boshladi. Prusslar 160 ming kishilik qo'shin bilan fransuz armiyalaridan birini (100 ming kishi) Mes qal'asida, 140 ming kishilik armiya bilan Fransiya imperatorining o'zi ham bo'lgan 90 ming kishilik ikkinchi qo'shinni esa Sedan qal'asi yoni-da qurshab oldilar. 1870- yil 2- sentabrdagi jangda Mak-Ma-gon rahbarligidagi fransuz armiyasi mag'lub bo'lib, Sedan qal'asi qamalda qoldi. Garchi Mes qal'asi hali taslim bo'lma-sada, Napoleon III vahimaga tushib, Sedan qal'asidagi markaziy minora ustida oq bayroq ko'tarishni buyurdi. Fransiya armiyasi 3 ming kishini talafot berib, imperator boshliq 82 ming askar, ofitser va generallari bilan nemislarga taslim bo'ldi. Bu sharmandali holat amalda Ikkinchi imperiya hokimiyatining tugatilishi edi. 1870- yil 4- sentabr -davlat to'ntarishi Sedan halokati to'g'risidagi xabar Parijning hukumat va parlament doiralari ga 2- sentabr kechqurun yetib bordi.Lekin yuz bergan mudhish haqiqatnieshitgan Parij xalqi 3- sentabrda g'alayon ko'tardi. Ko'chalarda namoyishlar boshlanib ketdi, xalq harakatining tashabbuskorlari blankichilat* bo'ldilar. 4- sentabr ertalabdan boshlab poytaxt mehnatkashlari ko'chalarga chiqib, Respublika tuzishni talab qildilar. Namoyishchilar qonun chiqaruvchi korpusning majlislar zali-ga bostirib kirdilar. General Troshyu boshchiligida yangi hukumat tuzilib, L. Gambetta Ichki ishlar vaziri, J. Favr Tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. Fransiyada imperiyani ag'darib tashlagan va respublika tuzumi-ni o'rnatgan 1870- yil 4- sentabr davlat to'ntarishini Parij mehnatkashlari amalga oshirgan edilar. Bu to'ntarish mohiyatan yana yuqori sinflarga xizmat qildi. Davlat to'ntarishi Fransiya - Prussiya urushining xarakterini ham o'zgartirib yubordi. Ikkinchi imperiya ag'darilib, Fransiya respublika deb e'lon qilingan paytdan e'tiboran Fransiya Germaniyaning birlashuviga qarshilik qilmay yoki unga tahdid solmay qo'ydi. Urush endi Germaniya uchun bosqinchilik urushiga, Fransiya respublikasi uchun esa adolatli, mudofaa urashiga aylandi. Parijning taslim bo'Hshi. Frankfurt sulhi Sedan halokatidan keyin dastlabki kundayoq Prussiyaning yunkerlar va german yuqori tabaqalari qo'llab-quv-vatlagan hukmron doiralari urushni davom ettirishga va Fransiyadan juda bo'lmasa Elzas bilan Lotaringiyani tortib olishga intilayotganligi ma'lum bo'ldi. Urush Germaniya uchun mudofaa urushidan istilochilik urushiga aylanib ketdi. 19- sentabrda 320 ming kishilik armiya Parijni qurshab olib, uni qamal qildi. Muvaqqat hukumat qarshilik ko'rsatolmadi. Lui Ogyust Blank! (1805-1881) - ozodlik harakati ilhomchisi. 173 ming askar va ofitserga, beMsob qurol-yarog' va o'q-doriga ega bo'lgan armiya jang qilmay, hatto qurshovdan chiqishga urinib ham ko'rmay, dushmanga taslim bo'ldi. Parijdagi hukumat ham xuddi ana shimday Vatanga xiyonat yo'lidan bordi. Jyul Favr yarash va sulh shartlari to'g'risida kelishib olish maqsadida 18- 20- sentabrda Bismark bilan uchrashdi. Bu xabar xalqqa yetib bordi. Garchi o'shanda biron bitimga kelinmagan bo'lsa ham, Muvaqqat hukumat bir necha bor bayon qilganidek, milliy mudofaa to'g'risida g'am yemay, balki taslimchilik, millatga xiyonat siyosatini yurgizayotgani fransuz xalqiga ravshan bo'lib qoldi. Buning ustiga 29- oktabrda Marshal Bazen boshchiligida bir oyga yaqin qarshilik ko'rsatgan Mes qal'asi taslim bo'ldi. 6 ming ofitser va buturi armiya nemislarga asir tushdi. 31- oktabrda Parij xalqi O. Blanki, Deleklyuz va boshqa sotsialistlar tashabbusi bilan shahar Ratushasiga bostirib kirdi va hukumatni ag'darilgan deb e'lon qildi. Biroq, hukumat qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ldi. Xalqning kuchayib ketgan vatanparvarlik mhi fransuz yuqori tabaqalarini tashvishga solib qo'ydi. Ular ishchilar pmssiyaliklarni tor-mor qilgandan so'ng qurolni hukumatga qarshi qaratadilar, deb qo'rqar edilar. Hukumat o'z xalqiga qarshi kurashish maqsadida prusslar bilan "til biriktirishga" qaror qildi. Xalq ommasi hukumatni tutgan bu yo'li uchun "Millatga xiyonat hukumati" deb atadi. 1871- yil 22- yanvarda bu hukumatni ag'darib tashlashga ikkinchi marotaba urinib ko'rildi. Ammo bu galgi urinish ham mu-vaffaqiyatsiz bo'ldi. Qo'zg'olonchilarning ko'pchiligi qo'lga olinib, turmalarga tashlandi. 28- yanvarda Jyul Favr yarashishni iltimos qilish uchun Bismark huzuriga - Versalga jo'nadi. Bismark Parijning taslim bo'lishini, Milliy gvardiyadan tashqari, Parij portlari va gamizonini topshirishni shart qilib qo'ydi. Fransiya uchun katta imkoniyatlar - harbiy va moddiy resurslar mavjudligiga qaramay, hukumat bu og'ir shartlarni qabul qildi. Hukumat 28- yanvarda xalqqa bildirmay Prussiyaga taslim bo'ldi va shu bilan yarashish to'g'risidagi shartnomani imzoladi. 1871- yil 8- fevralda shoshilinch ravishda Milliy majlisga saylov o'tkazildi. Yangi sulh shartnomasini tasdiqlagan Milliy majlisning 700 deputatidan 450 tasi monarastlar edi. Bundan foydalangan monarxistlar o'ta reaksioner Ter boshchiligida hukumat tuzishga erishdilar. 16- fevralda 73 yoshli Ter Parijning itoatsiz xalqidan o'ch olish va sulh shartlari to'g'risida kelishib olish maqsadida Bismark huzuriga jo'nadi. 26- fevralda dastlabki bitim imzolandi. 1- martda Bordoda bo'lib o'tgan Milliy majlis yig'ilishida 549 deputatdan 107 tasi bitimga qarshi chiqdi. Ular orasida Viktor Gyugo, Lean Gambetta, Jorj Klemanso ham bor edi. Germaniya Fransiyaning sanoati rivojlangan, strategik jihatdan muhim bo'lgan, ko'mir va temirga boy Elzas va Lotaringiya viloyatlarini egalladi. Bundan tashqari, mag'lub Fransiya hukumati Germaniyaga 5 milliard frank kontributsiya (tovon) to'lashi, kontributsiya to'langunga qadar Fransiyaning ancha qismi german qo'shinlari tomonidan bosib olingan holicha turadigan bo'ldi. Keyinroq, 1871- yil 10- may kuni Frankfurt-Maynda Germaniya bilan Fransiya o'rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Ter hukumati Parijni o'z qarorgohi qilib olib, Germaniyaning hukmron doiralaridan qo'llab-quwatlash haqida va'da oldi va inqilobiy harakatlarni bostirish uchun harbiy kuch to'play boshladi. C:\Documents and Settings\Хасснали\Мои документы\aaaa.bmp E-mailim jakapitan@mail.ru