Foydalanuvchi:Hasanova Shohista O'zmu Fizika/Radiosensitivlik
Radiosezgirlik- bu hujayralar, to'qimalar, organlar yoki organizmlarning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta'siriga nisbatan sezgirligi.
Radiatsion nurlanish ta’siriga sezgirlik (radiosezgirlik) - bu hujayra, to4|ima va biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanish ta’siriga ko‘rsatuvchi javob reaksiyasining namoyon bo‘lish darajasi hisoblanadi. Radiosezgirlik o‘lchov birligi sifatida nurlanish dozasi (Gr) qiymatidan foydalaniladi. Radiosezgirlik xossasi biologik turlarda va shuningdek, organizmlarda yakka tartibda o‘zaro farqlanadi.
Ta'sir qilingan hujayralar turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hujayralar S fazasida, keyin G <sub id="mwDQ">1</sub> fazasida, keyin G <sub id="mwDw">2</sub> bosqichida va hujayra siklining M bosqichida(mitoz-bo'linish bosqichida) eng sezgir bo'ladi. Bu 1906 yilda aniqlangan " Bergonie va Tribondo qonuni" bilan tavsiflanadi: yani rentgen nurlari ko'proq reproduktiv faollikka ega bo'lgan hujayralar uchun ta'sirliroqdir. [1] [2]
Kuzatishlar natijasida ular tez bo'linadigan o'simta hujayralari odatda tana hujayralarining aksariyatiga qaraganda sezgirroq degan xulosaga kelishgan. Bu tushuncha har doim ham to'g'ri emas.
Shu bilan birga, eng sezgir hujayralar ajratilmagan, yaxshi oziqlanadigan, tez bo'linadigan va metabolik faol bo'lgan hujayralar ekanligi ko'rsatildi. Tana hujayralari orasida eng sezgirlari spermatogoniyalar va eritroblastlar, epidermal ildiz hujayralari, oshqozon-ichak ildiz hujayralaridir. [3] Eng kam sezgir hujayra turlariga nerv hujayralari va mushak tolalari kiradi .
Juda sezgir hujayralarga gomositlar va limfotsitlardir ham mansub hisoblanadi, ularning sezgirligining sabablari hozircha aniq emas.
Hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanish ta'siriga har xil uchun genetik asos ham mavjud. [4] Bu bir nechta saraton turlarida va normal to'qimalarda namoyon bo'ldi. [5] [6]
Hujayra shikastlanishining tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hujayraning shikastlanishi halokatli (hujayra o'ladi) yoki subletal (hujayra o'zini tiklay oladi) bo'lishi mumkin. Hujayra shikastlanishi, oxir-oqibatda , Xalqaro Radiologik Himoya Komissiyasiga ko'ra, to'qimalarning reaktsiyalari yoki stohastik ta'sirlar sifatida salomatlik buzilishiga olib kelishi mumkin deb tariflanadi.
1902-yilda radiatsion nurlanish ta’sirida teri o‘sma kasalligi kelib chiqishi aniqlangan, shuningdek, odam organizmida to‘qima va organlarning nurlanish ta’sirida keskin o‘zgarishi va o‘limga olib kelishi mumkinligi qayd qilingan.
Radiatsion nurlanish ta’sirida odam organizmida - o'tkir va surunkali nurlanish kasalligi, katarakta, leykoz, anemiya, limfoma, miyeloma, qalqonsimon bez saratoni, nafas olish tizimi organlari о‘sma kasalliklari, oshqozon-ichak saratoni, siydik pufagi saratoni, kо‘krak bezi saratoni, tuxumdon va urug ‘don saratoni, teri saratoni, suyak saratoni, miya о ‘smasi va boshqa onkologik kasalliklar kelib chiqishi qayd qilingan. Shuningdek, radiatsiya ta’sirida ma’lum vaqt o‘tganidan keyin yuzaga keluvchi patologik holatlar - jumladan, jinsiy sistema funksiyasi buzilishi, katarakta, genetik о‘zgarishlar qayd qilinadi.
Somatik ta’sir effekti:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radiatsion nurlanishdan keyin o‘sma kasaliklarining barcha shakllari -50-60 yil davomida to‘liq namoyon bo‘lishi qayd qilinadi. Radiatsion nurlanishning m a’lum muddatdan keyin yuzaga keluvchi ta’siri odam organizmida deyarli barcha organlarda (ko‘p hollarda suyak, qon, tuxumdon, oshqozon-ichak, qalqonsimon bezda) о‘sma kasalliklari kelib chiqishi, genetik mutatsiyalar, turli xil kasalliklarga chalinishga moyillik darajasining ortishi (immunitet sistemasi barqarorligi keskin susayishi), bepushtlik, muddatidan oldin qarish jarayoni tezlashishi, ruhiy-asab sistemasi, aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi holatlar bilan ifodalanadi.
Nurlanish kasalligi - odam organizmiga belgilangan, ruxsat etilgan normal dozadan yuqori radiatsion nurlanish ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keluvchi, o‘ziga xos kasallik belgilariga ega bo‘lgan patologik holat hisoblanadi.
O'tkir nurlanish kasalligi - qisqa vaqt davomida 1 Gr (100 Rad) qiymatdan yuqori bo‘lgan radiatsiya nurlanishi ta’sirida yuzaga keluvchi patologik holat hisoblanib, radiatsion toksemiya (radiotoksinlar va suv molekulasi radiolizi m ahsulotlarining organizmga salbiy ta’siri), sitostatik effekt (o“zak hujayralarning bo‘linish xossasi yo‘qolishi), radiatsion kapillyarit, funksional buzilishlar, skleroz, malignizatsiya (radiatsiyaning onkomutagen ta’siri) rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
Surunkali nurlanish kasalligi - uzoq vaqt davomida 1 Gr atrofidagi radiatsion nurlanish ta’sirida bo'lishi natijasida kelib chiqadi.
Ushbu maqola Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitieti Fizika fakulteti talabasi Hasanova Shohista tomonidan Wikita'lim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi. 2023 yil 26-may.
Shuningdek:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fon radiatsiyasi
- Hujayra o'limi
- O'limga olib keladigan doza, LD50
- LNT modeli, ionlashtiruvchi nurlanish uchun chiziqli chegarasiz javob modeli
Foydalanilgan adabiyotlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "De Quelques Résultats de la Radiotherapie et Essai de Fixation d'une Technique Rationnelle". Comptes Rendus des Séances de l'Académie des Sciences 143: 983–985. 1906.
- ↑ Bergonié, J.; Tribondeau, L. (1959). "Interpretation of Some Results of Radiotherapy and an Attempt at Determining a Logical Technique of Treatment / De Quelques Résultats de la Radiotherapie et Essai de Fixation d'une Technique Rationnelle". Radiation Research 11 (4): 587–588. doi:10.2307/3570812.
- ↑ "The sensitivity of lymphocytes to ionising radiation". The Journal of Pathology and Bacteriology 64 (4): 687–704. October 1952. doi:10.1002/path.1700640403. PMID 13000583.
- ↑ "Radiation adaptive response and cancer: from the statistical physics point of view". Physical Review E 99 (2): 022139. 2019. doi:10.1103/PhysRevE.99.022139. PMID 30934317.
- ↑ "A genetic basis for the variation in the vulnerability of cancer to DNA damage". Nature Communications 7: 11428. April 2016. doi:10.1038/ncomms11428. PMID 27109210. PMC 4848553. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4848553.
- ↑ "Independent validation of genes and polymorphisms reported to be associated with radiation toxicity: a prospective analysis study". The Lancet. Oncology 13 (1): 65–77. January 2012. doi:10.1016/S1470-2045(11)70302-3. PMID 22169268.
[[Turkum:Onkologiya]]