Foydalanuvchi:Hikmatullourazbaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ismatulla Urazbayev[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismatulla Urazbayev (кир. Исматулла Уразбаев, 1957 yil 15-iyul - 2023 yil 3-mart) olim, biologiya fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasida Xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi. O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligi, tuproqshunoslik hamda biologiya sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan o'zbek olimi. Guliston Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti, tuproqshunoslik kafedrasida dotsent, keyinchalik professor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yilda "Sug'oriladigan bo'z tuproqlar qoplami strukturasi va ularning unumdorligini baholash" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[1]. Ismatulla Urazbayevga O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022 yil 30 iyundagi 319/1-son qarori bilan professor ilmiy unvoni berilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Urazbaev Ismatulla Ummatovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon“ (2017-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  2. „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ ҲУЗУРИДАГИ ОЛИЙ АТТЕСТАЦИЯ КОМИССИЯСИ РАЁСАТИ ҚАРОРЛАРИ“ (2022-yil 2-fevral). Qaraldi: 2023-yil 23-may.