Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov/MN (oʻzbekcha muqobili mavjud ismlar)
Ushbu qoida koʻproq yoʻlkoʻrsatkich boʻlib, Yaqin sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo, Rossiyaning ayrim hududlarida yashovchi, ismining asli lotinda yozilmaydigan, asosan arab va kirill alifbosida yoziladigan xalqlar vakillarining ismlarini bir standartga solish, asli lotinda yozilmaydigan ismning oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlsa, ismni shu muqobil asosida transliteratsiya qilish maqsadida yaratilgan.
Quyidagi jadvalda asli arab tilidan inglizchaga transliteratsiya qilingan va oʻzbekcha muqobili mavjud ba'zi ismlar roʻyxati keltiriladi:
Ingliz tilida | Asl tilida | Oʻzbekcha muqobili | Oʻrnak maqolalar |
---|---|---|---|
Abd al-Qadir Abdul Qadir Abdelkader Abdulqadir |
arabcha: عبد القادر | Abdulqodir | en:Abd al-Qadir al-Husayni en:Abdul Qadir en:Abdelkader Hachlaf en:Abdulqadir Hassan |
Abd Allah Abdallah Abdollah Abdullah |
arabcha: عَبْد ٱللَّٰه | Abdulloh | en:Abd Allah ibn Muhammad en:Abdallah Abdalsalam en:Abdollah Jassbi en:Abdullah ibn Abd al-Muttalib |
(Ushbu jadvalni siz ham toʻldirishingiz mumkin)
Shunga koʻra, asli lotinda boʻlmagan va oʻzbeklarda muqobili mavjud boʻlgan ismlarni oʻzbekchada yozamiz.
Fors va arablarda uchraydigan ayrim familiyalar imlosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fors va arablarda uchraydigan, tarixda Turkiston hududida ham keng tarqalgan „-iy“ bilan tugaydigan (masalan, Sattoriy, Juvayniy, Margʻinoniy, Raisiy) familiyalar/shajara ismlari koʻplab Yevropa xalqlari tomonidan biroz oʻzgartirilgan holda yoziladi, ularda bunday familiyalar „-iy“ bilan emas „i“ bilan tugaydi, masalan: Navoi, Raisi, Biruni, Bukhari. Shu sababli asli forscha va arabcha, arab alifbosining „ي“ harfi bilan tugaydigan familiyalarni oʻzbekcha Vikipediyada „-iy“ bilan tugatamiz. Asli turkchadan kelib chiqqan „Khashshoggi/Qoshiqchi“ga oʻxshash familiyalar bundan mustasno.