Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Karimova Xadicha Fazliddin qizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O'qiylik qizlarjon yoki gender tenglik haqida Haligacha ayollar to'g'ri haq-huquqga ega bo'lishlari uchun o'z fikrlarni jamoa oldida bemalol aytolmay kelishyapti. Lekin bu holat qachonga ha davom etadi. Hokimiyat tepasidagi ichida kitob bor-u lekin qulflangan kutubxona , maktabda haliyam qizlarni hijobini tekshirib dakki berishadi-yu lekin haligacha ta'lim sifati past. Ayolla va erkaklardagi farq ular nima uchun bizdan yuuqorilab ketishyabti. Eng qo'rqinchli tarafi shundaki yaqinda bo'lib o'tgan ona va uning 3farzandining o'limi haqida. Nimaga u ayol buni majbur bo'ldi.Sergelida bo’lgan voqeani hamma eshitdi manimcha…

ONA… 3 ta BOLA… 9 QAVAT…

Shunchaki FOJEA. Bu bir ayolning, farzandlarning yoki erning emas, xalq fojeasi…

SHU XALQ ayolga o’zini jussasiga 50 baravar keladigan vazifalarni yuklab qo’ygan…

SHU XALQ ayolga ham bolasi, ham eri, ham qaynona-qaynotasi, ham 7 urug’ining enagasi bo’lishini yuklab qo’ygan…

SHU XALQ ayol ishlasa eriga va boshqalarga topgan pulini berishi, ishlamasa umuman pul sarflamay uyida o’tirishi kerakligini belgilab qo’ygan…

SHU XALQ uni 18 da turmush qurib, 19 da tug’ib, 20 da ikkinchisiga harakat qilishini uqtirib qo’ygan… nari borsa +3… shungachayam turmush qurmasa qariqiz degan hech qaysi xalqda yo’q bir laqabni ham o’ylab qo’ygan…

SHU XALQ bolaga faqatgina ona mas’ul, ota esa erkatoy bo’lib yurishi kerak, degan antiqa dunyoqarashni o’ylab topgan…

SHU XALQ dindan faqat 4 xotinlikni o’rganib, erning qolgan vazifalariga tupurib qo’ygan…

⬇️Bu ayol, 3 ta bola hech narsa emas… bu birinchisi ham emas… oxirgisi ham emas… 1 yilda bittasi 3 ta bolasi bilan poyezdni tagiga tashladi o’zini, bittasi esa suvga otdi o’zi va ikki bolasini… Keyinroq Nestone ni 50 chi etajidan o’zini tashlasa ham ajablanmayman…

Chunki bizda ayol odam emas, chunki u butun umr kelinlikka tayyorlangan, u bilim olmagan, sarpo olgan… u ota-onasining mehriga to’ymagan, u faqat nasihatga to’ygan, so’ralmagan maslahatga to’ygan…

JAMIYATdagi MUHIT o’zgarmas ekan, bunaqa vaziyatlar takrorlanaveradi…

Eridan mehr ham bola katta qilishda yordam ham olmagan ayollar bolasiga SHAXSIY MULK sifatida qarayveradi… Va xohlasa uradi, xohlasa o’ldiradi…

Jamiyat esa ularning o’lgan joyida shahar quradi, baland baland binolar quradi… Lekin, bu holatni to’xtatish uchun to’g’ri, amaliy TIZIM qurmaydi! Nimaga buni yozdim?

Maqsadim, buyerdagi har bir qiz IRODALI, KUCHLI, MUSTAQIL bo’lishini xohlayman….

O’qiylik, qizlar: Bu sizlarni yaxshi kelajakka, chiroyli hayotga olib boradigan bittayu-bitta yo’l.

💐 Ertaga hech kimga qaram bo’lmaslik uchun; 💐 O’z-o’zingizni mustaqil ta’minlay olish uchun; 💐 O’zingizga xohlagan narsangizni ravo ko’ra olishingiz uchun; 💐 Farzandingizga chiroyli ta’lim va tarbiya berish uchun; 💐 Gapirishganda o’z fikringiz, aniq mulohazangiz bo’lishi uchun!… 💐 va shunga o’xshagan ONGSIZ harakatlar sodir etmaslik uchun.

Bu sabablar shunchalik ko’pki, yozib tugata olmayman!

Bizning jamiyatda qizlarning ta’limi shunchalik muhimki, buni bilish uchun, atrofimizdagi qanchalik ko’p ayollarni, qizlarni hayotiga bir marta qarash kifoya. Ayollar qiynalyapti, og’ir bosim bilan yashayapti, o’lyapti(!) O’LDIRYAPTI O’Z BOLASINI…

O’qiylik, bir-birimizni qo’llab-quvvatlaylik, ertaga shu zo’ravonlik qurboni bizning opamiz, singlimiz, va eng achinarlisi, o’zimiz bo’lib qolmaylik!